Özbekistonning Ummondagi elçixonasida uşbu mamlakatning Akbar Travels sayyohlik kompaniyasi menejyerlari Xyubert Peters, Sanjiv Alangad va Anil Kumar bilan uçraşuv ötkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ummon kompaniyasi vakillari Arab körfazi mamlakatlari sayyohlari uçun Özbekistonga qulay sayohat paketlarini işlab çiqişga tayyor ekanligini bildirişdi.
Xyubert Peters aytişiça, bu borada Özbekiston yetakçi sayyohlik kompaniyalari bilan aloqa örnatiş, özaro hamkorlikda mavsumiy charter havo qatnovlarini taşkil qiliş salmoqli natija berişi mumkin.
U kelgusidagi hamkorlik asosiy yönalişlarini belgilab oliş maqsadida şeriklikda işlaş istagini bildirgan özbek turoperatorlari bilan onlayn muzokaralar ötkaziş taklifini bildirdi.
Uçraşuv yakunida Akbar Travels sayyohlik kompaniyasi bilan turizm sohasidagi amaliy hamkorlikni izçil rivojlantirişga kelişib olindi.












