Qöşma Ştatlar «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK)ni Markaziy Afrika Respublikasi, Mali, Sudan va boşqa hududlarning tabiiy resurslaridan Rossiya harbiy operatsiyalarini moliyalaştiriş uçun foydalanganlikda aybladi. Bu borada 6 oktyabr, payşanba kuni AQŞning BMTdagi elçisi Linda Tomas-Grinfild bayonot berdi.
Uning sözlariga köra, «noqonuniy daromadlar Moskvaning Afrika, Yaqin Şarq va Ukrainadagi harbiy maşinasini moliyalaştirişga sarflanmoqda». Tomas-Grinfild BMT Xavfsizlik kengaşining Afrikadagi noqonuniy savdo orqali qurolli guruhlar va terrorçilarni moliyalaştirişga qarşi qaratilgan yiğilişida: «Xato qilmang: Afrika böylab odamlar Vagner guruhining ekspluatatsion amaliyotlari va inson huquqlarini poymol qilişlari uçun katta narx tölamoqdalar», dedi.
Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengaşidagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya bunga javoban AQŞ vakili «Rossiyaning afrikalik hamkorlarni qöllab-quvvatlaşi» masalasini kötarganidan afsusda ekanini aytdi. «Bu ularning haqiqiy rejalari va maqsadlarini oçib beradi - ular Afrika davlatlaridan haqiqatan ham nimagadir muhtoj», - deya Nebenzya sözlarini keltirgan Reuters.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangarilari Suriya, Liviya, Ukraina va Markaziy Afrikada kuzatilgan. XHKning yollanma askarlari köp yillar davomida Kreml tomonidagi turli qurolli töqnaşuvlarda yaşirin iştirok etganlikda gumon qilingan.
Moskva har doim xususiy harbiylaştirilgan guruhlar bilan aloqalarini rad etib keladi. Şu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqador hisoblangan rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin sentabr oxirida «Vagner» XHK asosçisi ekanligini tan oldi. Uning sözlariga köra, 2014 yilning may oyida Donbass ayirmaçilarini qöllab-quvvatlaş uçun harbiylaştirilgan tuzilmani yaratgan.












