Qaşqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev hamrohligida neft-gaz korxonalarining alohida körgazma stendi hamda yangi turdagi sintetik yoqilğilari, yuqori sifatli polimer mahsulotlari, tomçilatib suğoriş tizimi ehtiyot qismlari, kompozit panellari, xalq iste’moli mollari, keng spektrdagi yoqilği mahsulotlari hamda importdan xarid qilinadigan TMB namunalari bilan tanişib çiqdilar.

Yarmarkada respublikaning barça viloyatlaridan mahalliy işlab çiqaruvçi va xizmat körsatuvçi korxonalar iştirok etgan bölib, şundan 100 ga yaqin korxonalar bevosita özlari tomonidan işlab çiqarilayotgan sanoat mahsulotlari namunalari bilan qatnaşdi.

Mazkur sanoat yarmarkasida “Özbekneftgaz” AJ tarkibidagi “Uzbekistan GTL” MÇJ yangi turdagi sintetik yoqilğilari, “Uz-Kor Gas Chemical” MÇJ QK va “Şörtan gaz kimyo majmuasi” MÇJ korxonalari özlarining yuqori sifatli polimer mahsulotlari, şuningdek ularni qayta işlaş natijasida çiqarilgan polimer quvurlari, tomçilatib suğoriş tizimi ehtiyot qismlari, kompozit panellari, xalq iste’moli mollari, “Buxoro neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ keng spektrdagi yoqilği mahsulotlari hamda “Muborak gazni qayta işlaş zavodi”, “Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi”, “Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi”, “Gazli gazni qayta işlaş zavodi”, “Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasi” importdan xarid qilinadigan TMB namunalari bilan qatnaşmoqda. 

Şuningdek, “Maxsusenergogaz” AJ, “Özneftgaz burğilaş işlari” MÇJ, “Özneftgaz quduq ta’mirlaş” AJlar hamda “Özbekneftgaz” AJ tarkibiga kiruvçi “Gissarneftgaz” va “Aziya trans gaz” qöşma korxonalari özlarining alohida körgazma stendi bilan iştirok etmoqda.

Tadbirda neftgaz sanoati tarmoq korxonalari ehtiyoji uçun bugungi kunda importdan xarid qilinayotgan 500 dan ortiq turdagi mahsulotlar, butlovçi qismlar, materiallar (şarli kranlar, zadvijkalar, kimyoviy reagentlar, moylaş materiallari, podşçipniklar, burğilaş quvurlari, neftgaz uskunalari, ölçagiçlar va hokazo) namunalari namoyiş etilmoqda. 

Yarmarkaning birinçi kunida mahalliylaştiriş va tarmoqlararo kooperatsiya yönalişida bir qator amaliy kelişuvlar va muzokaralar ötkazildi.

Jumladan;