2022 yil uçun Tinçlik uçun Nobel mukofoti laureatlariga Rossiya, Belarus va Ukraina huquq himoyaçilari aylandi: Rossiyaning «Memorial» inson huquqlari jamiyati, Ukrainaning «Fuqaro erkinliklari markazi» jamoat taşkiloti va Belarus «Vesna» inson huquqlari markazi asosçisi Ales Belyatskiy. Nobel qömitasi öz qarorini 7 oktyabr, juma kuni e’lon qildi.
Tinçlik mukofoti, Alfred Nobelning vasiyatiga köra, «eng katta muvaffaqiyatga erişgan yoki xalqlarni birlaştiriş va amaldagi armiyalar sonini kamaytirişda boşqalardan köra köproq xizmat qilgan, şuningdek, tinçlik kongresslari ötkazgan va ularga e’tibor qaratgan kişiga beriladi».
Joriy yilda Tinçlik mukofotiga 251 kişi va 92 taşkilot ariza topşirgan bölib, nomzodlarning umumiy soni – 343 – mukofot tarixidagi ikkinçi eng köpi böldi. Rekord 2016 yilda, 376 nomzod bölganida örnatilgan edi.
Ötgan yili «Novaya gazeta» boş muharriri Dmitriy Muratov tinçlik böyiça Nobel mukofoti sovrindorlaridan biriga aylandi. U bilan birga mukofot filippinlik jurnalist Mariya Ressega topşirildi. Muratov va Ressa «demokratiya va matbuot erkinligi tobora noqulay şaroitlarga duç kelayotgan dunyoda» bu ideal uçun kuraşayotgan barça jurnalistlar vakilidir, deya ta’kidlab ötgandi qömita.
Muratov Tinçlik uçun Nobel mukofotiga sazovor bölgan uçinçi rossiyalik böldi. Undan oldin u fizik va huquq himoyaçisi Andrey Saxarovga va SSSRning yagona prezidenti Mixail Gorbaçyovga berilgan.












