“Sportni rivojlantiriş vazirligi tizimiga kiruvçi Denov va Urganç dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnaşiş uçun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlaş Denov va Urganç dzyudo sport maktablari asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Dzyudo maktablari öquvçilari umumiy kontingenti öquvçilar vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 20 nafardan köp bölmagan öquvçidan iborat etib şakllantiriladi.
Dzyudo maktablariga sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötgan öquvçilar 2022/2023 öquv yilidan boşlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.
2022/2023 öquv yiliga qadar Dzyudo maktablarida boşqa sport turlari böyiça tahsil olayotgan öquvçilar uşbu maktablarni töliq tamomlagunga qadar öqitilişi ta’minlanadi.
Dzyudo maktablari öquvçilari umumta’lim fanlaridan ta’lim olişi mazkur Dzyudo maktablarida taşkil etiladi.











