“Fitch Rating” xalqaro reyting agentligining joriy yil 6 oktyabrdagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning halqaro indikativ reytingi “BB-“ “Barqaror” darajada baholandi.
Şuni alohida qayd etiş lozimki, Xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holatini örgandi, moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boşqaruv tizimi va boşqa yönalişlari ham çuqur örganildi va tahlil qilindi.

Yana bir muhim jihat, Jamiyatga kiritilayotgan investitsiya kölamining jozibadorligi va uni boşqarişdagi salohiyati, Jamiyatning kredit yuki kerakli darajada nazorat ostida olib borilayotgan tizimli islohotlari samarasi mazkur ijobiy natijaga erişişga xizmat qildi.
Mazkur reyting, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni jahonning investitsiya bozorlarida aniq va ravşan biznes strategiyasiga, şaffof moliyaviy holatiga va kuçli korporativ boşqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.
Ma’lumot uçun: “Fitch Ratings” - halqaro reyting agentliklarining “Katta törtlik” deb atalmiş birligidan örin olgan.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati Ⓣ











