AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligining genetik-tadqiqotçisi Maurisio Ulloa xabariga köra, mazkur tadqiqotlarda Özbekiston FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari iştirok etmoqda, tadqiqotlar Amerika ösimlikşunoslik jamiyatining Journal of Plant Registrations ilmiy naşrida çop etilgan.

Tadqiqotçilar Özbekistonda va AQŞda yetiştiriladigan zamburuğlarga çidamli navlarni çatiştiriş orqali paxta yangi liniyalar germplazmasini yaratdi. Germplazma yana genetik resurs deb ham ataladi, u seleksionerlarga qişloq xöjalik ekinlari navlarini kengaytirişga yordam beradi.

Uçta yangi liniya – PSSJ-FRP01, PSSJ-FRP02 i PSSJ-FRP03 – vilt kasalligiga çidamliligini namoyon etdi. Ularning har biri turli xarakteristikalarga ega bölişiga qaramay, kasallikka çidamliligi va tola sifatining yaxşiligi bilan ajralib turadi.

Vilt zamburuği odatda ösimlikning ildiziga zarar yetkazib, poyasi va barglarini quritadi, hosilni nobud qiladi.

Mazkur yangi liniyalar genetik resurs bölib, olimlar ulardan yangi nav oliş ustida ham işlamoqda. Genomika va bioinformatika markazi olimlari hozirda mazkur liniyalardan olingan yangi navni sinovdan ötkazmoqda.