“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, 2022 yil 5 oktabr kuni “Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi Ğuzor tumani elektr tarmoqlari korxonasi tezkor çiqiş brigadasi tomonidan 110/35/10 kVli “Ğarmiston” nimstansiyasidan çiquvçi 10 kVli “Ğuzor-Sovboğ” fiderining “Mikop” şoxobçasi avariyadan söng körikdan ötkazilgan. Şundan söng, soat 14:30 atrofida fiderga kuçlaniş berilgan.
Biroq tezkor brigada xodimlari özboşimçalik bilan mavjud qoidalarni buzgan holda, naryaddan taşqari 110/10 kVli “Ğuzor” nimstansiyasidan çiquvçi 10 kVli “Oxunboboyev” fiderining 36-tayançidan iste’molçi balansida bölgan tayançga ötadigan simlarni yeçişga uringan vaqtda elektromontyor Ğ.B. kuçlaniş ostiga tuşgan.
Tezkor brigada tomonidan jabrlangan elektromontyor tayançdan tuşirib olinib, unga birinçi yordam körsatilgan hamda tez yordamga xabar berilgan. Yetib kelgan tez yordam şifokorlari kuçlaniş ostiga tuşgan elektromontyorni körikdan ötkazganda, uning vafot etgani ayon bölgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan kuni keça “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati tomonidan işçi guruh tuzilib, ayni paytda Qaşqadaryo viloyatida mazkur hodisaning sabablari atrofliça örganilmoqda.











