Qaşqadaryo viloyati ekologiya boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, Qarşi şahar Ekologiya bölimi davlat inspektorlari tomonidan ötkazilgan navbatdagi reydlar davomida Qarşi şahar “Alişer Navoiy” MFY Gulmaçit köçasida yaşovçi fuqaro tomonidan 24 dona daraxtlar kesib taşlangani aniqlangan.
Daraxtlarning kesilişi yuzasidan Qarşi şahar “Alişer Navoiy” MFY Gulmaçit köçasi 3-uyda yaşovçi fuqaro M.Q. dan tuşuntiriş xatlari yozma ravişda olinib, holatni joyida örganiş yuzasidan dalolatnoma rasmiylaştirilgan.
Daraxtlarning noqonuniy kesilişi natijasida "Ekologik nazorat töğrisida"gi, "Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida"gi, "Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida"gi bir qator qonun talablariga rioya etilmasdan qöpol ravişda buzilganligi holati tegişli tartibda qayd etilgan va tabiatga, ösimlik dunyosiga 156 million söm miqdorida zarar yetkazilgani hisoblangan.
Qayd etilişiça, fuqaro M.Q.ga nisbatan qöllangan 3 million söm jarima undirib olingan. Yetkazilgan zarar summasi rasmiylaştirilgan QV 0010509-raqamli bayonnomada aks ettirilgan. Şuningdek, 2022 yil 23 avgustdagi 27992535419915-sonli kareşok orqali maxsus bazaga kiritilgan.
“Yetkazilgan zararni undirib oliş maqsadida belgilangan ixtiyoriy tölov muddati berilgan. Ixtiyoriy undiruv muddati tugaganligi uçun, hozirda rasmiylaştirilgan hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilib, majburiy undiriş çoralari körilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi «Davlat örmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanişni tartibga soliş va ulardan foydalaniş sohasida ruxsat beriş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi 43-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 45-bandida daraxtlar va butalarni Davlat ekologiya qömitasi organlarining xulosalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ruxsatnomalarisiz kesiş noqonuniy hisoblanişi belgilangan.
Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi farmoni bilan Özbekiston hududida daraxtlarni kesişga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan, tartibni buzganlik uçun jarimalar 5 barobarga oşirilgan, yetkazilgan zarar 2 barobar qilib undirilişi belgilangan edi. Farmonda noqonuniy daraxt kesiş holatlarini foto va videotasvirga olib jönatganlarga pul tölanişi ham közda tutilgan. Şunga qaramasdan, joylarda hamon noqonuniy daraxt kesiş holatlari töxtamayapti.











