Markaziy bank sentabr oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari inflyatsion kutilmalari şarhini e’lon qildi.

Aholining kelgusi 12 oy uçun narxlar ösişi böyiça inflyatsion kutilmalari pasayuvçi dinamikani saqlab qolib, 15,2 foiz atrofida şakllangan.

Aholi kelgusida narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • import tovarlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi kötarilişi (42 foiz);
  • valuta kursi qadrsizlanişi (42 foiz); 
  • narxlarning sun’iy oşirilişi (31 foiz). 

Bundan taşqari, turar joy hamda ijara tölovlari oşişini körsatgan aholi vakillari uluşi ötgan oyga nisbatan yuqorilagan (15 foizdan 18 foizgaça).

Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari

Sentabr oyi yakunlari böyiça biznes vakillarining inflyatsion kutilmalari ötgan oyga nisbatan 0,3 foiz bandga yoki 13,8 foizgaça pasaygan.

Biznes vakillari narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursi özgarişi (39 foiz);
  • yoqilği mahsulotlari va transport xizmatlari narxlari qimmatlaşişi (35 foiz);
  • iş haqi va nafaqalar oşişi (23 foiz).

Şuningdek, xorijdan xomaşyo yetkazib berişda uzilişlar bölişi hamda import qilişdagi tarif va notarif çeklovlar mavjudligi ham narxlar qimmatlaşişiga sabab bölişi mumkinligi keltirib ötilgan.