«Rossiyaning Ukrainaga qarşi qaratilgan zarbalarni berişda davom etişi tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga töğridan töğri tahdid soladi», — deyiladi AQŞ taşqi siyosat idorasi bayonotida.

Rossiya 10 oktyabr, duşanba kuni ertalab Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boşqa bir qator şaharlariga kuçli raketa zarbalari berdi. Kiyev meri Vitaliy Kliçkoga köra, poytaxt markazidagi Şevçenko tumani hujumga uçragan. Raketalardan biri Mixail Gruşevskiy yodgorligi yoniga qulagan, natijada uning yonidan ötayotgan avtomobillar yonib ketgan.

Içki işlar vaziri maslahatçisi Rostislav Smirnovning aytişiça, kamida sakkiz kişi halok bölgan, 24 kişi yaralangan. Portlaş oqibatida oltita avtomobil vayron bölgan, yana 15 tasi zarar körgan. 

Mahalliy Telegram kanallari xabariga köra, portlaşlar UXX ma’muriyati binosi hududida, şuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Volodimirska köçasidagi ofislaridan birida sodir bölgan. Kiyev metrosining qizil çiziq yönalişida poyezdlar harakati töxtatildi, barça yerosti stansiyalari boşpana sifatida işlayapti.

Oxirgi marta Kiyev iyun oyi oxirida raketa zarbalariga uçragan edi. Öşanda rus harbiylari şaharga 14 ta raketa otdi. Ulardan biri Şevçenko tumanidagi köp qavatli uyga borib urilgan. Oqibatda bir kişi halok bölib, olti kişi jarohat olgandi.