YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noşadi Özbekiston boş vaziri örinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamrohligida Buxorodagi madaniy meros obektlarini közdan keçirdi.
YuNeSKO vakili Buxoro tarixiy qismidagi «Ark» qal’asi, Masjidi Kalon, Abdulazizxon, Uluğbek, Nodir Devonbegi madrasalari, Xöja Kalon masjidi va Xöja Kalon hovuzi kabi madaniy meros obektlarida olib borilayotgan ta’mirlaş-tiklaş, restavratsiya işlari bilan tanişdi.
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov Buxoro tarixiy qismida joylaşgan madaniy meros obektlari, Kogon tumanida joylaşgan Amir Olimxon saroyi restavratsiyasi, uning ta’mirlanişiga doir mutasaddilarga tegişli körsatmalar berdi.
Mas’ullarga Buxoroda taşkil qilinişi kutilayotgan «Turizm şaharçasi» böyiça takliflar tayyorlanişi böyiça topşiriqlar berildi.
YuNeSKO vakili taşrif davomida Kogon tumanidagi «Bahouddin Naqşband» majmuasi, Buxoro şahri tarixiy qismidagi Ismoil Somoniy va Çaşmai Ayub maqbaralari hamda boşqa qadamjolarga borişi rejalaştirilgan.












