10:01 / 10.10.2022
2939

Davlat idoralari va mahalliy hokimiyat organlarining 3200 dan ortiq raqobatga zid qarori bekor qilindi

Davlat idoralari va mahalliy hokimiyat organlarining 3200 dan ortiq raqobatga zid qarori bekor qilindi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Qoraboyev ma’lum qildi.

Farrux Qoraboyev

2021-2022 yillar davomida davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha jami 45 ta murojaat 33 foizi qo‘mita tomonidan rad etilgan.

Davlat ishtirokidagi korxonalarga asosiy faoliyatidan xos bo‘lmagan qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanish va boshqa korxonalarda ulushga ega bo‘lishga taqiq o‘rnatildi. Davlat ishtirokidagi korxonalar soni so‘nggi ikki yilda qariyb 3000 dan 2100 tagacha (30 foizga) qisqardi.

Monopol korxonalar soni so‘nggi 5 yilda 20 foizga kamaydi va bugungi kunda 90 tani tashkil etmoqda.

Hozirga qadar 1100 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari raqobatga ta’siri baholangan, shundan qariyb 65 foizida raqobatga zid normalar mavjud ekani aniqlangan.

Monopoliyalar, shu jumladan tabiiy monopoliyalar 6700 dan ortiq turli raqobatga zid harakatlari bartaraf etilgan, 42 mingga yaqin tadbirkorning 554 mlrd so‘mlik manfaatlari himoya qilingan.

Mavzuga oid
Top