AQŞ vositaçiligida Isroil va Livan mamlakatlar örtasidagi dengiz çegarasi qayerda joylaşgani va ulardan qaysi biri Örta Yer dengizidagi qator gaz konlarini özlaştiriş huquqiga ega ekanligi borasidagi bahsda murosaga erişdi. Bu haqda 11 oktyabr, seşanba kuni Isroil boş vaziri Yair Lapid ma’lum qildi va bu kelişuvni «tarixiy yutuq» deb atadi.

Hujjat 12 oktabr kuni milliy xavfsizlik masalalari böyiça vazirlar qömitasiga taqdim etilişi kutilmoqda.

Livan bilan dengiz çegarasi va Örta Yer dengizidagi gaz konlarini özlaştiriş huquqi masalasida aniqlik Isroilning Yevropa ittifoqiga gaz yetkazib beruvçi sifatidagi ahamiyatini oşirişi mumkin. Livan tomoni ham erişilgan kelişuvdan mamnun ekaniga işora qildi. Isroil bilan çegara böyiça yakuniy kelişuv Livanning «talablarini qondiradi» va uning resurslarga bölgan huquqlarini tasdiqlaydi, deb xabar berdi mamlakat prezidenti Mişel Aun idorasi Twitter’dagi sahifasida.

Bayrutdan kelişuvning rasmiy tasdiği hali olinmagan, biroq Livan muzokaralar delegatsiyasi rahbari Elias Bou Saab optimizm bildirib, kelişuvni «adolatli» deb körişini ta’kidladi. 

Dpa agentligining Vaşingtondagi yuqori martabali amerikalik mulozimga tayanib xabar berişiça, Qöşma Ştatlar Livan tomonidan Isroil bilan kelişuv şartlariga amal qilişini tasdiqlagan. Şu bilan birga, AQŞ kelişuvni amalga oşirişda muammolar yuzaga kelsa, yana vositaçi sifatida harakat qilişga tayyor. 

Berlin, şuningdek, tomonlarning diplomatik sa’y-harakatlarini yuqori baholab, Isroil va Livan örtasidagi çegarani qöriqlaş mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik yölidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Kelişuvning aniq tafsilotlari hozirça oşkor etilmagan. Şu bilan birga, Isroil OAV Livan Qana gaz maydonidagi gaz konini özlaştiriş huquqini qölga kiritişi, Isroil esa Isroilning Hayfa port şahri şimoli-ğarbida joylaşgan Kariş gaz koni atrofidagi hududni saqlab qolişi haqida xabar bermoqda. 

Rasmiy ravişda Livan va Isroil hali ham uruş holatida. Mamlakatlar örtasidagi dengiz çegarasi böyiça muzokaralar 2020 yilda boşlangan. Bu ularning ötgan ön yilliklardagi xavfsizlik masalasi kötarilmagan birinçi aloqasi böldi.