Yilda ikki marta - bahor va kuzda ötkaziladigan mazkur körgazma özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, ikki tomonlama aloqalarni örnatiş, işbilarmonlik portfelini yangi biznes loyihalar bilan boyitişda samarali maydon sanaladi.

“UzCharmExpo-2022” Markaziy Osiyodagi çarm-poyabzal va möyna sanoatining eng yirik ixtisoslaştirilgan körgazmasidir. 13-xalqaro körgazmada iştirok etiş maqsadida 450 ga yaqin mahalliy va 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning 70 dan ortiq kompaniyalari 5 000 ga yaqin mahsulot namunalari bilan iştirok etişmoqda. Şuningdek, 2 500 yaqin mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari körgazmaga taşrif buyuriş maqsadida röyxatdan ötdi. Anjuman nafaqat Özbekiston hududlardagi işlab çiqariş salohiyatini namoyiş qiladi. Balki, köplab mamlakatlarning soha mutaxassislari uçun muloqot maydoniga aylanmoqda.

Joriy yilgi anjuman iştirokçilari geografiyasiga nazar taşlasak, unda Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Hindiston,Turkiya, Ispaniya, Vengriya, Rossiya, Belorus, Polşa, Latviya Xitoy kabi köplab çarm-poyabzal sanoati rivojlangan davlatlarning korxonalari va brendlarini köriş mumkin. Faxriy mehmonlar orasida Xalqaro çarm işlab çiqaruvçilar kengaşi, Xalqaro möyna federatsiyasi, qator davlatlarning milliy uyuşmalari, çarm işlab çiqaruvçilar, poyabzal va möynaçilik kengaşlari va tadbirkorlarni uçratasiz.

“Özçarmsanoat” uyuşmasi tarkibiga kiruvçi çarm, poyabzal, çarm-attorlik, möyna va qoraköl mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonalar, taşqi savdo vakolatxonalari va moda uylari bilan hamkorlikni kengaytiriş orqali 2022 yilda eksport hajmini 500 mln dollarga yetkaziş közda tutilmoqda. Bu ötgan yilga nisbatan 118,8 foizga köpdir. Mahsulotlar eksporti dunyoning 42 dan ortiq mamlakatlarida amalga oşiriladi.






















