Qiziği, formatlar özgarmagan bölsa-da, bu mavsumda Yevropa Ligasi pley-offlari ança qiziydigan bölib turibdi. YeÇL guruh bosqiçi bizga juda köp syurprizlarni taqdim etdi va bir qator top-klublar guruhda 3-örinni olib, Yevropa Ligasiga ötiş xavfi ostida qolgan. Keling, ança çigal guruhlardagi vaziyatlarga e’tibor qaratamiz. 

BARSeLONA

“Real” qatorasiga 31-marotaba guruh bosqiçini muvaffaqiyatli hal qilganidan bir kun ötib, “Barselona” qatorasiga ikkinçi bor bahorgi YeÇL musiqasidan mosuvo bölmoqda. Töğri, juda kiçik bölsa-da, imkoniyat saqlanib qolgan, ammo “Kam Nou”da “Inter”ni yutmasdan turib, pley-offdan umid qiliş möjizani istaş bilan teng ekanini jamoaning özi ham sezdi çoği, öyin çinakam pley-off bahsiga aylanib ketdi.

5-tur oldidan “Barselona” “Inter”dan 3 oçko kam jamğargan. Muhim nuqta – oçkolar teng bölib qolgan taqdirda, özaro öyinlardagi ustunlik (1:0, 3:3) tufayli “Inter” guruhda yuqorida joylaşadi. Har ikki jamoada ikkitadan öyin qolgan – “Viktoriya” va “Bavariya”ga qarşi. Demak körinib turibdiki, vaziyat faqat “Bavariya” bilan öyinlarga boğlanib qolmagan. Agar keyingi turda “Inter” öz maydonida “Viktoriya” ustidan ğalaba qozonsa, tamom, “Barselona” bilan oradagi 3 oçkolik masofa saqlanib qolinadi. Sönggi turda qanday natijalar qayd etilişidan qat’i nazar “Barselona” italiyaliklarni quvib öta olmaydi.

Endi, “Barselona” keyingi bosqiçga çiqişi har ikki öyinida ğalaba qozonişi, şu bilan birga “Inter”ning qolgan 2 öyinda 3 oçko olmasligidan umid qilişi lozim böladi. Keça özaro öyinda ğalabani qöldan çiqargan Xavi şogirdlari nomi “ğalaba” ma’nosini beruvçi çex klubiga barça umidni boğlaşga majbur bölib qolişdi.

YuVeNTUS

Turinliklar nihoyat Allegrini iste’foga çiqarişi kutilgandi, lekin “Makkabi”dan mağlubiyatdan söng ham YeÇL guruh bosqiçidan ötiş uçun matematik imkoniyat saqlanib qolgani tufaylidir balki, sabr qilişmoqda. Imkoniyat esa, rostdan ham faqat matematik.

H guruhini “PSJ” va “Benfika” 8 tadan oçko töplab boşqarişmoqda. “Yuventus”da esa, atigi 3 oçko bor. Keyingi ikki turda “Yuventus” “Benfika” bilan safarda va “PSJ” bilan öz maydonida öynaydi. Turinliklar har ikki öyinda öz foydasiga hal qilişi va yo “PSJ” yoki “Benfika”ning “Makkabi” bilan öyinda qoqilişini kutişi lozim böladi.  Özaro öyinlarda “Yuventus” har ikki raqibiga ham 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Demak özaro öyinlarda ustunlik ta’minlaş uçun albatta, kattaroq hisoblarda yutişiga töğri keladi ham. Aks holda, “PSJ” yoki “Benfika” “Makkabi” bilan oçko yöqotgan (durang) taqdirda ham, töplar nisbatiga köra, “Yuventus”dan yuqorida joylaşişi mumkin. Xullas, “joy yöq”, deb qöya qolgan yaxşi, töğrimi?