Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Yevropa havo hujumidan mudofaa tizimi yangi loyihasini ishga tushirdi
European Sky Shield loyihasi Yevropani ballistik, qanotli raketalar va dronlardan ishonchliroq himoya qilishga mo‘ljallangan. Dastur Ukraina raketalar tomonidan kuchli bombardimon qilingani fonida amalga oshirilmoqda.
Germaniya va NATOning yana 14 davlati Yevropa havo hujumidan mudofaa tizimini yaratish loyihasini boshladi. Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrext va uning 14 nafar hamkasbi 13 oktyabr, payshanba kuni Bryusselda European Sky Shield havo hujumidan qalqonni yaratish niyati to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.
Lambrextning so‘zlariga ko‘ra, loyihadan maqsad - «havo hujumidan mudofaa tizimidagi bo‘shliqlarni yopish». Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida vazir ta’kidlaganidek, hozirgi zamon «tahdidli, qiyinchiliklarga to‘la davrdan iboratdir».
Germaniya tashabbusi bilan amalga oshiriladigan loyiha doirasida ballistik, qanotli raketalar va jangovar uchuvchisiz uchoqlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan turli havo hujumidan mudofaa tizimlarini birlashtirish rejalashtirilmoqda. Ushbu tizimlar orasida Germaniyaning Iris-T tizimi bor, ulardan biri Germaniya tomonidan yaqinda Ukrainaga yetkazib berilgan. Bundesverning o‘zi hali bu tizimlarni ishga tushirmagan.
«Hozirda Patriot, Iris-T va undan ham yaxshiroq havo hujumidan mudofaa tizimlarini tezda olish muhim», dedi Lambrext. AQSh-Isroilning Arrow 3 raketalarni tutib olish tizimi shunday qurilma sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Norvegiya, Latviya, Vengriya, Bolgariya, Belgiya, Chexiya, Finlandiya, Litva, Niderlandiya, Ruminiya va Sloveniya qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Loyihaga Estoniya ham qo‘shilish niyatida.
Germaniya kansleri Olaf Shols avgust oyining oxirida Yevropa havo hujumidan mudofaa tizimini yaratishni «butun Yevropa uchun xavfsizlik foydasi», shuningdek, arzonroq va samaraliroq muqobil holat deb atadi, sababi, uning tushuntirishicha, ittifoqchilarning har biri faqat o‘zi uchun qimmat, juda murakkab havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olishlari shart bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
10:26
AFP: Iyundagi jazirama Yevropada 12 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
09:00 / 13.07.2026
Yevropada issiqlik to‘lqini qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
09:56 / 11.07.2026