Özbekistonda amaliy taşrif bilan bölgan Koreya-Özbekiston işbilarmonlar uyuşmasi (KIUF) boşqaruvi raisi Kim Çan Keon Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik holati va istiqbollari körib çiqildi. Suhbatdoşlar Farğona viloyatida ikki tomonlama muhim loyihalar amalga oşirilişi bilan tanişdi. KIUF va Farğona şahridagi Prezident maktabi örtasida özaro hamkorlik va qöllab-quvvatlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda Inçon şahri meri Yu Çon Bokning Janubiy Koreya işbilarmon doiralari vakillari hamrohligida Farğona viloyatiga bölajak taşrifi muhokama qilindi. Rejalaştirilgan taşrif doirasida Inçon şahri hokimligi va Farğona viloyati hokimligi örtasida özaro birodarlik munosabatlari töğrisidagi bitim imzolanişi hamda Farğona va Inçon şaharlari xalqaro aeroportlari örtasida töğridan töğri aviaqatnovlarni oçiş masalasi muhokama qilinişi rejalaştirilgan.
Tomonlar Özbekiston va Koreya örtasida diplomatiya munosabatlari örnatilgani 30 yilligini nişonlaş doirasida ikki tomonlama madaniy hamkorlik va özaro almaşuvni kengaytiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşdi. Janubiy Koreyadagi eng yirik simfonik orkestrlardan biri – Koreya estrada orkestri joriy yilda Farğona viloyatiga öz dasturi bilan kelişi rejalaştirilgani qayd etildi.












