Şimoliy Atlantika alyansi rasmiy saytida ta’kidlanişiça, bular hozirgi jahon voqealari bilan boğliq bölmagan rejalaştirilgan manyovrlardir. Ularning asosiy qismi Rossiyadan 1000 kilometrdan ortiq masofadan ötadi. 

Maşğulotlarda 14 davlat va 60 ta turli rusumdagi samolyotlar, jumladan yadroviy kallaklarni yetkazib berişga qodir qiruvçi samolyotlar, oddiy qiruvçi samolyotlar, razvedka samolyotlari va yonilği bilan ta’minlovçi samolyotlar iştirok etadi. 

«Ötgan yillardagi kabi Amerikaning uzoq masofaga uçuvçi V-52 bombardimonçi samolyotlari qatnaşadi, ular bu yil Şimoliy Dakotadagi Minot aviabazasidan havoga kötariladi. Öquv parvozlari mezbon Belgiya, şuningdek, Şimoliy dengiz va Buyuk Britaniya ustida amalga oşiriladi. Heç qanday harbiy qurol işlatilmaydi», - deyiladi NATO xabarida.

Bundan oldin Qöşma Ştatlar NATO hududining «har bir qariçini, agar kerak bölsa» himoya qiliş majburiyatini tasdiqlagandi. Bu haqda AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi.

Ukraina bilan uruş paytida yadro qurolidan foydalaniş tahdidi Vladimir Putin va Rossiya davlatining boşqa yuqori lavozimli amaldorlari tomonidan bir neça bor tilga olingan.