Vazirlar Mahkamasining «Şaxsga doir ma’lumotlarga işlov beriş sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Ma’lumot uçun, şaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy şaxsga taalluqli bölgan yoki uni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan, elektron tarzda, qoğozda va (yoki) boşqa moddiy jismda qayd etilgan axborot, biometrik ma’lumotlar – sub’yekt anatomik va fiziologik öziga xos xususiyatlarini tavsiflovçi şaxsga doir ma’lumotlar, genetik ma’lumotlar – sub’yekt nasldan-naslga ötgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli bölgan, sub’yekt biologik qiyofasini tahlil qiliş yoki muqobil axborot oliş imkonini beradigan boşqa elementni tahlil qiliş natijasi bölgan şaxsga doir ma’lumotlar, şaxsga doir maxsus ma’lumotlar – irqiy yoki ijtimoiy kelib çiqişga oid ma’lumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqaraşga oid e’tiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyuşmalariga a’zolik töğrisidagi ma’lumotlar, şuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli ma’lumotlar, şaxsiy hayot va sudlanganlik töğrisidagi ma’lumotlar.
Hujjat bilan şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişda ular himoya qilinganlik darajasini belgilaş töğrisidagi nizom tasdiqlanmoqda. Unga köra:
mulkdor va (yoki) operatorlar şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişda ularning xavfsizligiga bölgan tahdidlardan kelib çiqib, uşbu ma’lumotlarni himoya qiliş taşkiliy va texnik çora-tadbirlarini amalga oşiradi;
şaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligiga tahdidlar deganda, ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz, şu jumladan tasodifiy kiriş natijasida şaxsga doir ma’lumotlarni özgartiriş, töldiriş, ulardan foydalaniş, ularni beriş, tarqatiş, uzatiş, egasizlantiriş, yöq qiliş, nusxalaş, boşqa noqonuniy harakatlarga olib kelişi mumkin bölgan şart-şaroitlar va omillar yiğindisi tuşuniladi.
Şaxsga doir ma’lumotlar bazasi tizimli va (yoki) amaliy dasturiy ta’minotida deklaratsiya qilinmaganidan kelib çiqib tahdidlar uç turga bölinadi. Ma’lumotlar bazalarida şaxsga doir ma’lumotlarga işlov berişda uşbu ma’lumotlarni himoya qiliş 4 ta darajasi belgilangan bölib, ularni örnatiş uçun quyidagi şartlardan kamida bittasi mavjud bölişi lozim:



Biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bölgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni şaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan taşqarida saqlaş texnologiyalariga oid talablar töğrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.












