Obida muallim. Çuya qişloği aholisi Obida Qarşiyevani şunday ataydi. Çunki u qariyb 40 yildan buyon maktabda yoşlarga ta’lim berib kelmoqda. 5 nafar farzandni öqimişli qilib tarbiyalagan bu ayol şaharda yaşaşni orzu qiladi, ammo qişloqda hayot keçirayotganidan ham afsuslanmaydi.
Çuya qişloği Nurota tumani markazidan biroz olisda, toğlar etagida joylaşgan. Qişloq aholisi asosan çorvaçilik va dehqonçilik bilan şuğullanadi. Moli yoki tomorqasi, kiçik bölsa ham boği bölmagan xonadonning özi yöq.

Şu sababli qişloq ayollarining işlari talaygina: tomorqa, mol-holga qaraş, uy-rözğor yumuşlari. Obida opaning kundalik hayot tarzi ham şunday ötadi. Davlat işidan ham uydagi yumuşlari köproq: tong qoronğisidan maktabga ketguniça va maktabdan qaytgaç qoş qoraygunça tinim bilmaydi.


Obida Qarşiyevaning ta’kidlaşiça, qiş uçun ötin zaxirasi yetarli bölsa, u özini baxtli his qiladi:
“Hayotimdan nolimayman. Farzandlarimni mana şu qişloqda yaşab, öqitdim, uyli-joyli qildim. Şunday baxtga şu qişloğimda erişdim. Şaharda qölimni sovuq suvga urmasdan, işga toza-ozoda borib kelib yaşaşni men ham orzu qilaman. Lekin qişloğimdagi bu hayotni ham yaxşi köraman. Şahar ayollarining hayot tarzi biznikiga qaraganda ança yengil, deb öylayman. Mening hayotim qiyinroq bölgani bilan yaşaş tarzim yaxşiroq: özim yetiştirgan toza mahsulotlarni iste’mol qilaman, pomidor özimizdan çiqadi, meva-çeva tekin. Şahar ayoli bilan qişloq ayolining farqi juda katta. Qişloq ayollari mehnatkaş, qöli qadoq, işlarimiz juda köp. Hozir soat 5:00da, yoz kunlari esa undan ham vaqtliroq turaman va har kungi yumuşlarim bilan band bölaman.
Şaharda yaşaşni kim orzu qilmaydi deysiz? Yaxşi-da, yengilroq hayot. Menga öxşab tappi qilmaydi, qiy elamaydi. Mening tappi-tezaklarimga qarang, tom töla. Men şularim köpaysa, qişga zaxira bor deb baxtli his qilaman özimni. Menga gaz bölişi şart emas. Mana, öçoğim bor, hamma ovqatlarni pişirişim mumkin. Mehmon kelsa xam şoşib qolmayman.
Qişloqning yaxşi joyi – hamma qöni-qöşnilarni körib turasiz. Qozonimizda nima qaynaşidan qat’i nazar bir-birimizga kömaklaşamiz. Mana, men töy qilaman deyapman. Qöşnilarim hozirdan nima xizmatingiz bor, deb şay bölib turişibdi. Qişloqda mehr-oqibat kuçli












