Voqea joyidan videolar e’lon qilgan guvohlarning sözlariga köra, qamoqxona kompleksida qançadir vaqt otişma va sirena ovozlari eşitilgan.
Eron muxolifatçi guruhlaridan birida joylaştirilgan videoda «Diktatorga ölim» hayqiriği yangraydi - bu Eronni qamrab olgan namoyişlar şiorlaridan biri hisoblanadi.
Davlat naşrlari qamoqxonada vaziyat nazorat ostida ekani, yonğin uçun «kriminal elementlar» javobgar ekanini ma’lum qilgan.
Qamoqxonaga olib boruvçi yöl tösib qöyilgan, içkariga esa, guvohlarning aytişiça, politsiyaning maxsus batalonlari kiritilgan. Şuningdek, voqea joyida öt öçiruvçilar işlamoqda.
Davlat agentliklari talqiniga köra, yonğin mahbuslardan biri öt qöyişi oqibatida kelib çiqqan. Bu ma’lumotni tasdiqlaydigan boşqa mustaqil manba yöq.
Şuningdek IRNA davlat axborot agentligi hisoblariga köra, qamoqxonadagi «banditlar» saqlangan qanotda boşlangan tartibsizliklar bostirilgan (hozirça sakkiz jabrlanuvçi haqida ma’lum). Bunda «banditlar» deb siyosiy mahbuslar nazarda tutilgan bölişi mumkin, Evin qamoqxonasida aynan şunday mahbuslar saqlanadi, ular sönggi namoyişlarga aloqador emas.
Tasnim axborot agentligi esa şaxsi sir tutilişini söragan eronlik amaldorga tayanib, tartibsizliklarda siyosiy mahbuslar iştirok etmagani haqida xabar bergan.
Reuters bilan suhbatlaşgan guvohlardan biriga köra, qamoqxona atrofida mahbuslarning qarindoşlari töplangan.
Evinda muxolifatçilardan taşqari eronlik jurnalistlar va Eronda ozodlikdan mahrum etilgan xorijliklar, şuningdek ikki fuqarolikka ega şaxslar ham muddat ötaydi.
Ğarb huquq taşkilotlari azaldan Evin qamoqxonasidagi qat’iy rejimni tanqid qilib keladi. Human Righs Watch taşkilotidagilar Evindagi mahbuslar qiynoqqa solinişi, ularga zarur tibbiy yordamlar körsatilmasligi va undaylar butun umr qamoqda qoliş xavfi mavjudligi haqida yozadi.
Ötgan yil avgustida Edalat-e Ali (Alining adolati) nomli hakerlar guruhi internetga qamoqxona içkarisidagi kuzatuv kamerasiga tuşgan videoyozuvlarni e’lon qilgandi - ularda nozirlar mahbuslarni kamsitayotgani va qiynayotgani aks etgan.












