Jizzax viloyati FVB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 12 oktyabr kuni soat 18:13 larda viloyat FVB navbatçilik qismiga Şarof Raşidov tumani “Uçtepa” MFY hududida joylaşgan “Jizzax Instural Töqima” MÇJga qaraşli paxta qabul qiliş punktida yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, 4 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:20 da yetib borib, soat 18:24 da yonğin örab olingan, 18:50 da öçirilgan. Yonğin oqibatida 1 ta 14-sonli ğaramning ustki qismi töliq va 15-sonli ğaram ustidagi “Sulton” navli paxta tolalari yongan. Yonğinda 35-40 kilogramm paxta tolalari yonib zararlangan.

Qayd etilişiça, hozirda yonğin kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Sodir bölgan yonğinga viloyat FVB rahbariyati va Tezkor boşqaruv markazi xodimlari çiqişgan.














