Samarqand şahriga köçirilgan tramvay esa şaharning muhim transport tarmoğiga aylanib bormoqda. 2030 yilgaça Samarqandda yana ikkita muhim tramvay yönalişi işga tuşirilişi möljallangan.

Twitter’da madaniy ma’lumotlar ulaşuvçi The Cultural Tutor akkaunti tramvaylar haqida qiziqarli ma’lumotlar ketma-ketligini e’lon qildi. Unda Zamonaviy şahar uçun tramvay jamoat transporti sifatida nega muhimligi misollar bilan tuşuntirilgan.

Foto: Getty Images

Tramvay nima özi?

Ha, u poyezd ham emas, avtobus ham. Sizga tramvayda odam taşuvçi har ikki transportning muammolari jamlangandek, unda avtobus yo poyezdning ustunliklaridan heç narsa yöqdek tuyulişi mumkin.

Biroq aslida, tramvay har ikki transport olamining eng yaxşi omixtasi: şahar jamoat transportining ideal turidir.

Ham yer ustida, ham yer ostida harakatlanuvçi poyezdlar (metro) va avtobuslar, albatta, öz örniga ega.

Poyezdlar uzoq masofalarga qatnaş uçun juda qulay, lekin ayrim örinlarda avtobus yönalişlariga xos egiluvçanlik ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Biroq tramvaylar şaharlar va şahar markazlarida qisqa masofalarga qatnaş uçun juda qulay.

Qarang, tramvaylar avtomobillarga qaraganda samaraliroq bölibgina qolmasdan, avtobus va boşqa «arzonroq» jamoat transportiga nisbatan köproq yölovçilarni taşiy oladi.

Köçalarda transport vositalari soni qisqartirilişi katta afzalliklarga ega.

Albatta, bu eng avvalo atrof-muhit uçun foydali — toza havo köpayadi. Qolaversa, bu şahar muhiti uçun ham muhim ahamiyatga ega, çunki atrofda maşinalar kamaysa, piyodalar, velosipedçilar, boğlar, qahvaxonalar yana boşqa narsalar uçun köproq joy qoladi.

Bundan taşqari, avtomobillarga ehtiyoj pasaytirilişi sizga şaharlarni rejalaştiriş va loyihalaş imkonini beradi. Bu holda avtomobillarga ustuvorlik berib, maşinalar uçun keng köçalar, katta-katta parkovkalar va hokazolar yaratiş ehtiyoji öz-özidan yöqoladi.