Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chetda og‘ir vaziyatga tushib qolgan 844 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
2022 yil 9 oyi davomida Rossiya, Koreya, Qozog‘iston, Britaniya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya kabi davlatlarga 27 mingdan ortiq fuqaro manzilli ishlarga jo‘natilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan jami 206 mingdan ortiq fuqaroga xizmatlar ko‘rsatilgan.
Xususan, 183 mingdan ortig‘iga — maslahat xizmati, 6 063 nafariga — huquqiy, 15 mingdan ortig‘iga — ijtimoiy, 2 595 nafariga — moddiy yordam, shundan: 1009 nafariga BHM ikki baravaridan, jami 50 255 AQSh dollari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 198 nafar fuqaro vaqtinchalik xostellarga joylashtirilgan, og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 844 nafar fuqaro esa O‘zbekistonga olib kelingan.
Agentlik xorijdagi vakolatxonalari aralashuvi bilan o‘zbekistonliklarning ish beruvchilaridan 834 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi undirib berilgan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
10:31 / 16.07.2026
Qozog‘iston migratsiya nazoratini kuchaytirmoqda
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
23:00 / 13.07.2026