Prezidentning “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oşirişda mulkiy huquqlar daxlsizligini ta’minlaş va şu munosabat bilan prezident va hukumat ayrim qarorlariga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2022 yil 1 noyabrdan boşlab yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlariga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oldindan tölov, oçilgan akkreditiv, rasmiylaştirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalçiliklaridan suğurta qiliş böyiça polis mavjud bölmasdan xorijiy valutaga eksport qiliş huquqi beriladi.

Prezident va hukumat ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq özgartirişlar va qöşimçalar kiritiladi.

Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi negizidagi Eksportni rağbatlantiriş agentligi, Qişloq xöjaligi vazirligi va Davlat bojxona qömitasi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini taşkil qilişda yaratilayotgan imkoniyatlar böyiça mahalliy tadbirkorlik sub’yektlari örtasida tuşuntiriş işlarini olib boradi.

Bildirilişiça, 2021 yilda respublika miqyosida 1 684 ta tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan jami 1529 ming tonna yoki 965 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksporti amalga oşirilgan bölib, şundan 170 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar 100 foiz oldindan tölov asosida 4,8 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlariga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oldindan tölov, oçilgan akkreditiv, rasmiylaştirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalçiliklaridan suğurta qiliş böyiça polis mavjud bölmasdan xorijiy valutaga eksport qiliş huquqi berilişi natijasida respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan şuğullanuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari soni oşadi va meva-sabzavot mahsulotlari eksportida sezilarli ösişga erişiladi.