«Dunyodan ortda qolayotgan Özbekiston IIV». Poytaxt köçalarida moped va skuterlarga «ov» boşlandi
|15:37 / 18.10.202268 5709 min
Ukrainada «moped» laqabi berilgan Eronning «Şohid» kamikadze-dronlariga qarşi kuraş boşlanganida, Toşkentda ham moped va skuterlarga qarşi kuraş boşlab yuborilganga öxşaydi. Vaholanki, bu Özbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan xalqaro Konvensiyaga zid.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Poytaxtda skuter va moped egalari uşbu transport vositalarini «A» toifadagi haydovçilik guvohnomasiga ega bölmasdan boşqarişayotgani uçun jarimaga tortilib, transport vositasi jarima maydonçasiga joylaştirilmoqda.
Bugungi maqolada milliy va xalqaro qonunçilik bu borada nima deyişi, YPX xodimlarining skuterlarga «ov»lari qonuniymi-yöqmi, haydovçilik guvohnomamiz nega jahonda tan olinmayapti — barçasiga batafsil töxtalamiz.
Avval skuteri jarima maydonçasiga kiritib qöyilayotganidan norozi bölgan fuqarolardan birining bizga jönatgan yöl-patrul xizmati xodimi bilan tortişuvi videosini tomoşa qiling.
YPX xodimi aloqa vositasi orqali skuterni uşlagani haqida kimgadir hisobot berib, uni çaqirmoqda. Xulosa qiliş mumkinki, bunday topşiriq ularga berilgan va undan boşqalar ham xabardor.
Amaldagi normativ hujjatlarga köra YPX xodimi haq
Xöş, bu örinda yöl-patrul xizmatining xatti-harakatlari qonuniymi? U nimalarga asoslanib, skuter haydovçisiga jarima qöllayapti?
Haydovçi Umid Sultonov JEYRAN rusumli skuterda harakatlanayotgan bölgan. Uning dvigateli hajmi 49,5 sm kub. Skuterlar hattoki DYHXB boşqarmalarida röyxatga olinmaydi, texpasport berilmaydi, davlat qayd etiş raqami ham taqilmaydi.
Yöl harakati qoidalari tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 172-sonli qarorida moped atamasiga izoh berilgan. Unga köra:
Moped — eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, iş hajmi 50 sm kubdan oşmaydigan içki yonuv dvigateliga ega bölgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bölgan elektr dvigatelli ikki yoki uç ğildirakli transport vositasi.
Mavzuga oid
Xuddi şunday tavsiflarga ega bölgan kvadrisikl (kvadrosikl), trisikl,
skuter
hamda yölning qatnov qismida harakatlanişga moslaştirilgan boşqa mexanik moslamalar ham
mopedlarga tenglaştiriladi
;
Şu yil 12 aprelda tasdiqlangan yangi Yöl harakati qoidalarining 8-bandiga köra, moped, mototsikl va ularga tenglaştirilgan mototransport vositalarini boşqariş uçunhaydovçi tegişli «A» toifadagi transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi haydovçilik guvohnomasiga ega bölişi şartligi körsatib ötilgan.
YPX xodimlariga aynan mana şu havola qilinayotgan band böyiça skuterlarni «ovlaş» töğrisida topşiriq berilgani aniq. Qarang: 8-bandga moped atamasi qöşilgan. Moped atamasiga izoh berilgan boşidagi preambulada esa skuterlar ham şunga tenglaştirilgani qistirib ötilgan — böldi! Xalqaro standartlarga köra, moped sözi 8-bandda bölmasligi kerak. «A» toifa faqat mototsikllarga tegişli.
Vena konvensiyasining Özbekistonda hurmati yöq
Yangi turdagi amaldagi haydovçilik guvohnomasida ham «A» toifa uçun mototsikl tasviri tuşirilgan xolos, eski turdagi har ikki haydovçilik guvohnomalarimizda «A» toifa faqat mototsikllar uçun ekani yozib ham qöyilgan.
Lekin bu 2011 yilning 28 martigaça bölgan xalqaro talab. Yöl harakati töğrisidagi Vena konvensiyasida haydovçilik toifalariga 2011 yil 29 martdan buyon talab özgargan, biroq nimagadir Özbekistonda joriy etilmagan. Yangi Yöl harakati qoidalari şu yilning 12 aprelida qabul qilingan bölsa-da, heç kim «jahonda toifalar qanaqa ekan?» deb qiziqib körmagan. Binobarin, skuter borasida ham Vena konvensiyasiga «qöl artib yuborilgan».
Masalan, Vena konvensiyasiga köra, dvigateli hajmi 50 kub santimetrdan boşlangan va 125 kub santimetrdan ortiq bölmagan yengil mototsikllar uçun A1 toifa joriy qiliş mumkinligi belgilangan.
Yangi qöşimça toifalar qöşnilarimiz Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistonda, şuningdek Ukrainada beriladigan haydovçilik guvohnomalarida ham öz aksini topgan.
Bizda toifalar nega avvalgi holda qolaverganining javobini topdim. Çunki Rossiya Federatsiyasida ham haydovçilik guvohnomalarida yaqingaça haydovçilik toifalari aynan şunday ajratilgan ekan.
Lekin barça narsada Rossiya Federatsiyasiga taassub qiladigan Içki işlar vazirligimizdagi akalar bilişmaydiki, Rossiya ham allaqaçon yangi talablarga moslab, yangi haydovçilik guvohnomasini çiqarişgan.
Özbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Yöl harakati xavfsizligi töğrisida»gi qonunining 2-moddasida «Agar Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasida Özbekiston Respublikasining yöl harakati xavfsizligi töğrisidagi qonunçiligida nazarda tutilganidan boşqaça qoidalar belgilangan bölsa, xalqaro şartnoma qoidalari qöllanadi», deb belgilangan.
1968 yilning 8 noyabr sanasida Avstriya poytaxti Vena şahrida qabul qilingan Yöl harakati töğrisidagi konvensiyani Özbekiston Respublikasi ham ratifikatsiya qilgan.
Vena konvensiyasida «A1» toifa dvigateli hajmi 50 kub santimetrdan 125 kub santimetrgaça bölgan yengil mototsillarga berilişi, undan katta quvvatli mototsikllar uçun «A» toifa berilişi belgilab qöyilgan. Ya’ni «A» toifadagi haydovçilik guvohnomasi jahon böylab faqat mototsikllarni boşqariş uçun beriladi.
Dvigateli hajmi 50 kub santimetrdan kiçik bölgan skuter va moped (motorli velosiped)larni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi şart emas.
Skuter haydaşga ham avtomaktabda öqiladimi?
Keling, şu örinda YPX xodimlari haq, moped va skuter haydovçilar ham «A» toifadagi haydovçilik guvohnomasi uçun öqişi va uni olişi şart, deb hisoblaylik.
Skuter haydaydigan odam (asosan yoşlar) katta quvvatga ega mototsiklni boşqara olmasligi mumkin. Skuterda boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasini olişda mototsiklda imtihon topşirişga töğri keladi. Haydovçi oğir, kuçli va besönaqay mototsikl boşqarişni istamasa-çi? (Skuterni qizlar ham bemalol boşqarişini inobatga oling şu yerda).
Agar «A» toifadagi haydovçilik guvohnomasini oliş uçun imtihon skuterda topşiriladigan bölsa, haydovçi mototsiklni boşqariş huquqiga ham ega bölib qoladi-ku? Bu mantiqsizlik emasmi?
Qonun-qoidalarni tuşunarsiz-çalkaş qabul qilib, söng uni özlariça talqin qilib, xalqni qiynagandan köra, mavjud xalqaro qoidalarga rioya qilingani afzal emasmi?
Eng yaxşisi — köp hujjatlar va qonunçilikni tuşunmaydigan YPX xodimlariga rahbariyat davlat raqam belgisi taqiş şart bölmagan transport vositalari — velosiped, moped, skuter, kvadrisikl, tramvay, trolleybusni töxtatib, haydovçilik guvohnomasi söramaslikni uqtiriş kerak.
IIVga savollar
Endi birgina skuterning jarima maydoniga kiritib qöyilişi ortidan bir qator haqli savollar yuzaga qalqib çiqmoqda va IIVdan mas’ul şaxslar bu savollarga javob berib, oydinlik kiritsa yaxşi bölar edi.
Yangi turdagi haydovçilik guvohnomasiga kelsak, Içki işlar vazirligimiz mas’ullari endi nima qiladi? Zudlik bilan xalqaro talablarga mos qöşimça toifalarni qöşib haydovçilik guvohnomasini joriy etişadimi?
Köplab mehnat migrantlarimiz xorijiy davlatlarga çiqişmoqda, ularning katta qismi haydovçilik bilan ham şuğullanişadi. Ularga xalqaro standartlarga töğri kelmaydigan haydovçilik guvohnomasi berişda davom etyapmiz. 2010 yilgaça davrda berilgan eski guvohnomalarni almaştiriş uçun muddat bir neça marta surildi. Nega şunda ham yana eski standartdagi haydovçilik guvohnomalari berilmoqda?
Jahon davlatlarida A, B, C, D, BE, CE, DE kabi 7 asosiy toifadan taşqari, A1, B1, C1, D1, C1E, D1E kabi qöşimça 6 toifa ham aks etgan guvohnomalar berilişi 2011 yildayoq joriy qilingan ekan. Nega şu paytgaça avtomaktablarimizda öqitiş va haydovçilik guvohnomasi beriş bor-yöği öşa yetti asosiy toifa böyiça amalga oşirilmoqda?
Nega poytaxt Toşkentda yöl patrul xizmati xodimlari va ularga noqonuniy oğzaki topşiriq berayotganlar xalqaro standartlarga moslaşiş örniga xalqaro standartlarni inkor etib, skuter egalardan «prava» sörab yurişibdi?
Içki işlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti davlat yöl xavfsizligi boş boşqarmasidagi mas’ullardan birortasi çiqib şu savollarga röyi-rost va dangal javob bera olarmikan?
Yöllari tobora avtomobillarga tölib borayotgan, avtomobilga moslaşgan tirband poytaxt köçalarida velosiped, samokat va skuterda harakatlanişni tarğib qiliş va rağbatlantiriş örniga, ularni boşqarayotgan yoşlarni jazolaş qay bir mantiqqa töğri keladi?