Xiyonat. U kim tomonidan bölişidan qat’iy nazar, dahşatli zarba. Oilada u sabab keladigan raşk, nafrat, alam oqibati esa undan-da dahşatli bölişi mumkin. “Mahkuma” loyihasining bugungi qahramoni şu tufayli 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

“Niyatim erimdan öç oliş edi...”

— Öz erimning katta miqdordagi pulini öğirlaganman. Öğirlangan pul 715 ming AQŞ dollari edi. Öşa paytda raşk, xiyonat, alam tufayli közimga heç narsa körinmagan. Erimning ketma-ket xiyonati, ruhiy, iqtisodiy bosimlari ostida qasddan jinoyat sodir qildim.

3 nafar farzandim bor. Jarblanuvçi tomon farzandlarimning otasi bölgan. Keyinçalik katta xato qilganimni tuşundim, ammo öşa vaqtda közimga heç narsa körinmagan. Niyatim faqat öç oliş bölib, qasddan jinoyat qilganman.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (juda köp miqdordagi öğrilik – tahr.) bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etilganman. Jinoyatimga yillar davomida bölib kelgan oilaviy nizolar sabab bölgan.

Erim tadbirkorlik bilan şuğullanardi, dunyo kezişni yoqtirardi. Turmuşim davomida ruhiy, iqtisodiy tazyiqlar ostida yaşadim. Şunça puli bor odam qanday qilib iqtisodiy bosim qilişi mumkin, dersiz. Lekin menga şaxsiy xarajatlarim uçun pul berişni istamasdi, özim uçun nimadir olişimga imkonim bömasdi, har bir harakatim yoki işim tanqid ostiga olinardi.

Yaqin dugonamning erim bilan munosabatlari borligini sezganman. Erim bilan oçiqçasiga gaplaşib olmoqçi bölganimda: “Istasang şu, istamasang katta köça” degan javobni oldim. Şundan keyin arazlab, farzandlarim bilan ota uyimga ketdim. Bizdan umuman xabar olmay qöydi. Bundan bir ğazablansam, erimga “jazman” bölgan dugonamning qimmatbaho maşinalarda yurgani, eng qimmat kiyimlarni kiyayotganini körib battar alam qilardi. Bu narsa nafratga, nafrat esa qasddan jinoyat sodir qilişga olib keldi.

Jinoiy şerigim ham bölgan. Turmuş örtoğimning haydovçisi bilan til biriktirgan holda reja tuzdim. Erimning pullari qayerda saqlanişini tuşuntirdim, seyfning kalitini berdim. U menga uyimdan 715 ming AQŞ dollarini olib çiqib bergan. Hozir ikkalamiz ham qamoqdamiz. “Al qasos-u minal Haq” degan gapni unutib qöygan ekanman.