Oliy ta’lim vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida amalga oşirilayotgan “Özbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qiliş va modernizatsiyalaş jarayonlarini qöllab-quvvatlaş” loyihasi doirasida professional ta’limda dual ta’limni taşkil etiş böyiça xorij tajribasini örganiş uçun mamlakat vakillari öquv-tanişuv safari bilan Germaniyada bölib turibdi.
“Özbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qiliş va modernizatsiyalaş jarayonlarini qöllab-quvvatlaş” loyihasi 2024 yilga qadar amalga oşirilişi rejalaştirilgan bölib, uning qiymati 7 million yevroni taşkil qiladi. Uşbu loyiha doirasida 650 nafar özbekistonlik mutaxassislarning Germaniyada va Özbekistonda turli yönalişlar böyiça kasbiy ta’lim sohasida malaka oşirişi közda tutilgan.
Tadbirda sözga çiqqan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Özbekiston böyiça katta menejyeri Nina Lyubix GIZ maqsad va vazifalari hamda Özbekiston bilan hamkorlik tarixiga töxtalar ekan, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) nemis federal hukumatini butun dunyo böylab barqaror rivojlaniş sohasidagi maqsadlariga erişişda qöllab-quvvatlaşini aytdi.
U Özbekistonda 1992 yildan buyon barqaror iqtisodiy rivojlaniş, samarali boşqaruv va soğliqni saqlaş masalalariga e’tibor qaratgan holda faoliyat yuritayotganini qayd etar ekan, Germaniyada bölib turgan Özbekiston delegatsiyasi kasbiy ta’lim sohasidagi nemis tajribasi haqida köp narsalarni örganiş imkoniyatiga ega bölganidan mamnuniyat bildirdi.










