Qaşqadaryo viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 14 oktyabr kuni keçki payt Ğuzor tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonaga 1970 yilda tuğilgan bemor olib kelingan. Unga gipertoniya taşxisi qöyilib, tezkor tibbiy yordamga kirişilgan.
Soat 21:00 larda davo muolajalari davom etayotgan paytda jarayonga xalaqit berayotgan bemorning 25 yoşlar atrofidagi öğli va şifokor Tölqin Hamroyev örtasida kelişmovçilik kelib çiqqan va bemorning öğli şifokorni döpposlagan.
Oqibatda, şifokor “kalla va boş miya şikastlanişi, boş miya çayqalişi, burun suyagining oçiq sinişi, burun asosi ezilib, yirtilgan jarohati, yuqori jağ öngdan qoziq tişning travmatik sinişi, ikkala qovoq- burun asosi gematomalari” taşxisi bilan travmatologiya bölimiga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Viloyat SSB holatni öz nazoratiga olgan.
Avvalroq, Toşkent şahri Mirobod tumanida çaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovçisi kaltaklangan. Mirobod tuman IIB holat böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib bormoqda.












