Soxta kooperativ: Qaşqadaryoda davlat mablağlarini talon-toroj qilişning öziga xos usuli «ixtiro» qilindi
|22:26 / 19.10.202269 47713 min
Bugun Qaşqadaryoda davlat mablağlari qanday sxemalar asosida talon-toroj qilinayotgani haqida hikoya qilib beramiz. Eng açinarlisi, davlat pullarini yeb yuboriş bilan boğliq oçiq-oydin huquqbuzarlikka huquqni muhofaza qiluvçi organlar panja orasidan qaraşmoqda, sudlar esa da’vogarlarning talablarini rad etuvçi qarorlar çiqarişmoqda.
Asl mohiyatni tuşunişingiz uçun voqeani bir boşidan hikoya qilib beramiz. Erinmay oxirigaça öqişingiz söraladi.
Qarşi tumanida kooperatsiya taşkil etilişi
Demak, 2020 yili Qarşi tumanida «SULTON TEX GROUP» klasteri tugatilib (bu haqda Kun.uz’da köp çiqiş qilingan edi), 27 aprel sanasida uning örniga «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» MÇJ tuziladi.
Xullas, «SULTON TEX GROUP» klasteri örniga tuzilgan kooperatsiya MÇJning Nizom jamğarmasi 200 mln söm qilib belgilanadi, uning 50 foizi «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJga, 25 foizi Astonov Bahriddin Ergaşeviçga, yana 25 foizi Möminov Nurbek Davronoviçga tegişli etib belgilanadi.
Lekin fermerlar kooperatsiyasining bu tarzda taşkil etilişi Özbekiston prezidentining 2020 yil 7 mart sanasidagi «Paxtaçilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga zid edi.
Prezident qarorida paxta-töqimaçilik klasterlari taşkil etilmagan (Qarşi tumanida esa tugatilgan) hududda paxta tozalaş korxonalari negizida fermer xöjaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari taşkil etilişi belgilangan.
Sudlaşuvlar asnosida bu xatosi körsatilgaç, zudlik bilan kooperativ ustavi özgartiriladi, MÇJ şu nomdagi işlab çiqariş kooperativiga aylantiriladi.
Kooperativning Nizom jamğarmasidagi 79,01 foiz uluş öşa paytda Meyliyev Bekzod Usmonquloviç rahbarlik qilayotgan «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJga, qolgan 20,99 foiz uluşi esa Qarşi tumanida faoliyat körsatayotgan 40 nafarga yaqin fermerlarga bölib beriladi.
Aslida, kooperativdagi işlar şu kungaça ham mana şu tarzda davom etsa bölaverardi. Heç kimda heç qanday e’tiroz bölmasdi.
«Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ kooperativdan qanday çiqarildi?
«SILVER FIBER AGRO KOOPERASIYASI» işlab çiqariş kooperativi 2020 yil paxta yiğim yakunlariga köra özlari kutmagan holda 77 milliard söm sof foyda oladi. Öz-özidan tuşunarliki, olingan sof foyda «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ va kooperativga ta’sisçi bölgan fermerlar örtasida teng taqsimlanişi kerak.
Mavzuga oid
Ammo 7,5 mln AQŞ dollariga ekvivalent summani körgan «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ direktori Bekzod Meyliyevning fe’li ayniydi va paxta tozalaş zavodi nomidan «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» işlab çiqariş kooperativiga uning ta’sisçiligidan çiqiş haqida 2021 yil 20 mart kuni №10-sonli xat beradi.
Xöş, nima böpti şunga dersiz?
Gap şundaki, 77 mlrd sömlik sof foydaning 79,01 foizi «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJga tegişli. Bu 60 mlrd 837 mln sömdan ziyodni taşkil etadi. Bu summaning 51 foizi davlatga ötkazilişi kerak — summa 31 mlrd sömdan ziyodni taşkil etadi.
«Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJning 17 foiz aksiyasi «SULTON TEX GROUP» MÇJga tegişli va ular oladigan foyda 10 mlrd 342 mln sömni taşkil etişi kerak edi.
Ana şu pullarni davlatga va aksiyadorlarga bermaslik maqsadida, «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» işlab çiqariş kooperativiga aloqador ta’sisçi va mas’ul şaxslar va «Beşkent Paxta tozalaş zavodi» AJ ijroçi direktori Bekzod Meyliyev özaro til biriktirib, Meyliyevni şaxsan kooperatsiya ta’sisçilari safiga qöşiş evaziga «Beşkent Paxta tozalaş zavodi» AJni kooperatsiya ta’sisçilari safidan çiqariş böyiça undan öşa noqonuniy xatni olişga erişganlar.
Aytmoqçi bölganimiz, Bekzod Meyliyev özi rahbarlik qilayotgan eng katta uluşdor korxona nomidan aksiyadorlarni ogohlantirmasdan bunaqa xat berişga haqqi yöq edi. Bunday xatti-harakatga qöl urişi uçun u nimadandir manfaatdor bölişi kerak edi.
Manfaat nimada edi?
«Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJni kooperatsiya ta’sisçiligidan çiqariş böyiça majlis bayonining özida Bekzod Meyliyev kooperatsiyaning ta’sisçilari safiga qöşilgan. Bu kuppa-kunduz kuni oçiq-oydin qilingan öğrilikning özginasidir.
2021 yilda kooperativning ayni paytdagi ta’sisçilari — Meyliyev Bekzod Usmonquloviç, Qarolov Sanjar Ismoiloviç, Raşidov Farrux Ismoiloviç, Olimov Alişer Çoriyeviç, Otamurodov Jasur Yöldoşeviç Nizom jamğarmasini 20 foizdan teng taqsimlab olişgan.
Albatta, Bekzod Meyliyevning bu xatti-harakati «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Özbekiston respublikasi qonuniga ham zid.
«SULTON TEX GROUP» MÇJ boş yuristkonsulti Eşqobil Pardayevning aytişiça, «SILVER FIBER AGRO KOOPERASIYASI» işlab çiqariş kooperativining ustavi uç marta özgargan. Lekin özgarişlardan oldingi ustavlar tikib qöyilmagan. 5 kişi muassis bölib olgan sönggi variant xuddi birinçi variantdek bölib turibdi.
Qolaversa, sönggi özgartirişda «SILVER FIBER AGRO KOOPERASIYASI»dagilar şunçalik şoşilişganki, boşqa bir kooperativning tayyor ustavini olib, içini almaştirişgan, muqovasidagi yozuvlarni körmay qolişgan.
Öz-özidan tuşunarliki, 2020 yil yakunlari böyiça 77 mlrd söm sof foydadan «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJga, ya’ni na davlatga, na «SULTON TEX GROUP»ga dividend berilgan.
Masalaning yana bir qiziq jihati bor. Xöp, 2021 yildan «SILVER FIBER AGRO KOOPERASIYASI» işlab çiqariş kooperativining ta’sisçilar tarkibi özgartirilgan ekan, sud uni qonunçilikka köra töğri (aslida, noqonuniy) özgartirilgan deb topgan ekan, mayli, nega 2020 yil yakunlari böyiça sud sof foydadan dividendlar tölab berilişi kooperativ zimmasiga yuklanmayapti? Axir 60 mlrd sömdan ziyod dividend egasi «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ va qolgan fermerlar 2021 yil mart oyida ta’sisçilikdan haydalyapti-ku?
Sudlaşuvlar boşlanişi
Şundan söng tegişli idoralarga murojaat qilinadi. Bu borada «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ (bu vaqtga kelib aksiyadorlik jamiyatiga boşqa direktor tayinlanadi) «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» işlab çiqariş kooperativi ta’sisçiligiga qaytiş borasida Qarşi tumanlararo iqtisodiy sudida ham iş körib çiqilgan.
AJ ta’sisçilaridan biri, kuzatuv kengaşida ovoz beriş huquqiga ega bölgan «SULTON TEX GROUP» boş yuriskonsulti Eşqobil Pardayevning aytişiça, iş birinçi instansiyada körilganida ham, apellyatsiya instansiyasida körilganida ham ular bundan bexabar bölişgan.
Faqat iş Oliy sudda kassatsiya tartibida körila boşlaganida u AJdan işonçnoma olib, da’vogar tomon manfaatlarini közlab qatnaşa boşlaydi.
Bungaça birinçi va ikkinçi instansiya sudlari «SILVER FIBER AGRO KOOPERATSIYASI» işlab çiqariş kooperativi ta’sisçilari tarkibini almaştirişda qonunbuziliş holatlariga yöl qöyilmagan, deb topadi.
Holbuki, bunday qarorlar kuzatuv kengaşi yiğilişi va aksiyadorlarning umumiy majlisida körib çiqilişi kerak. Bekzod Meyliyev esa bir varaq qoğozdagi imzosi bilan masalani hal qilgan.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy masalalar böyiça sudlov hay’ati kassatsiya arizasini körib çiqib, birinçi va ikkinçi instansiya qarorlarini bekor qiladi va işni qayta körib çiqiş uçun birinçi instansiyaga qaytaradi.
2022 yil 19 sentabrda Qarşi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Husan Mirzayeviç Tursunov raisligida iş qaytadan körib çiqilib, da’vogar «Beşkent paxta tozalaş zavodi»ning da’vosi yana qanoatlantirişdan rad etilgan.
Oçilgan jinoyat işlari-çi?
Bu örinda eng hayratlanarlisi, ham da’vogar tomonning va ham javobgar tomonlarning mansabdor şaxslariga nisbatan aynan şu holat va xatti-harakatlar yuzasidan jinoiy iş oçilgan.
Bunday şaroitda Iqtisodiy protsessual kodeksning tegişli moddasi talabiga asosan va Oliy Sud Plenumi qarori tuşintirişlariga köra sud masalani körib çiqişni töxtatib turişi kerak edi.
19 sentabr kuni H.Tursunov raisligidagi sud da’vogarning şu asoslarda töxtatib turiş haqidagi iltimosnomasini va uçinçi şaxsning keyinroqqa qoldiriş iltimosnomasini rad etgan. Biroq, vajlar va iltimosnomalar töliq rad etilib, Qarşi tumanlararo sudi tomonidan öta zudlik bilan hal qiluv qarori çiqarilgan. Göyoki hammasi avvaldan hal qilib qöyilgandek.
Davlatning pullari heç kimga qiziq emas
Bu işda öz uluşini undiriş uçun «SULTON TEX GROUP» MÇJ boş yuristkonsulti, «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ kuzatuv kengaşi a’zosi Eşqobil Pardayev barça harakatlarni qilmoqda.
Davlat ğaznasiga tuşişi kerak bölgan 31 mlrd söm pul uçun esa heç kim çopmayapti. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi hududiy boşqarmasi xodimlariga esa baribir — paşşa qörib ötirişibdi.
Biz öşa kuni «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJning kuzatuv kengaşi yiğilişida qatnaşdik. Kuzatuv kengaşi yiğilişi qay tarzda ötganiga e’tibor bering. Eşqobil Pardayevning aytişiça, u 3,5 oy yelib yugurib, köplab murojaatlar qilib, şu tarzda ötkazişga erişgan. «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ ijroiya organi rahbari, direktori 3,5 oy deganda bir marta kuzatuv kengaşi majlisida qatnaşgan.
Mazkur noxuş holatlarni bartaraf etiş uçun na aksiyadorlarda, na davlat tomonidan qöyilgan kuzatuv kengaşi a’zolarida qiziqiş bor.
«SULTON TEX GROUP» MÇJ rahbari Nurbek Ergaşev «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJning ijroiya organida öz daromadi uçun kuraşiş istagi yöq ekan, kuzatuv kengaşi yiğilişida davlat uluşi hisoblangan aksiyadorlik jamiyatining 51 foiz aksiyasini auksion orqali sotuvga qöyiş kerakligini taklif qildi.
Apellyatsiyaga beriş uçun tösiqlar
19 sentabr kuni birinçi instansiya sudida da’vosi yana qanoatlantirilmagan «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ apellyatsiya şikoyati berişga şoşilmayapti. 19 oktyabr — şikoyat berişning oxirgi kuni. Nafaqat apellyatsiya şikoyat bermayapti, şuningdek «SULTON TEKS GROUP» MÇJ boş yuristkonsulti Eşqobil Pardayevga ham sudda qatnaşiş uçun işonçnoma bermayapti.
Eşqobil Pardayev. «SULTON TEKS GROUP» MÇJ boş yuristkonsulti
19 sentabr kungi sudda «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ yuristi E.Pardayevning sudda çiqiş qilişiga qarşilik qilganini qanday izohlasa böladi?
Garçi uşbu masala jamiyat kuzatuv kengaşining 2022 yil 14 oktyabrdagi kuzatuv kengaşi majlisida körib çiqilgan bölsa-da, na apellyatsiya arizasi berildi, na yuristga işonçnoma berildi.
Endi kassatsiya instansiyasiga ariza beriş ham şunday paysalga solinsa kerak. Bundan xulosa kelib çiqadiki, sudda «Beşkent paxta tozalaş zavodi» AJ yutqazişi, «SILVER FIBER AGRO KOOPERASIYASI» işlab çiqariş kooperativi yutişi uçun kimlardir manfaatdor.
Kooperativmi yoki «soxta kooperativ»?
Aslida, kooperatsiya hududdagi fermer xöjaliklarining ixtiyoriy uyuşmasi bölişi kerak. Kooperativning mavjud bölişi sohada raqobat yuzaga kelişi uçun ham kerak. Hattoki klasterlar taşkil etilgan tumanlarda ham raqobat uçun kooperatsiyalar kerak.
Lekin Qarşi tumanida kooperatsiyaning bu tarzda taşkil etilişi köproq reyderlikka öxşab ketyapti. Tuman paxtakorlari 17 ming gektarda yetiştirgan paxtadan sof foydani allaqanday 5 kişi tasarruf etişida korrupsion tarkibiy qismlar borligi aniq. Bir mavsumda 7–8 mln AQŞ dollari miqdorida sof foyda oluvçi bir guruh insonlar qarşisiga çiqa oluvçilar topilmayapti.
Balkim, şu sababli ham Qaşqadaryoda huquqni muhofaza qiluvçi va davlat mulki uçun mas’ul bölgan organlar bu iş uçun nomiga jinoyat işi qözğatib qöyiş kifoya, uning yakuni muhim emas qabilida iş tutayotgandirlar?
Qiziq, Özbekiston Respublikasida qilni qirq yorib, bu mujmal işni ipidan ignasigaça örganib, voqea iştirokçilarining qilmişi foş bölsa, ularning xatti-harakatlarida rostdan ham jinoyat alomatlari aniqlansa, çindan ham davlatning mablağlari talon-toroj qilingan bölsa — barçasiga nuqta qöya oladigan zabardast qonun posbonlari topilarmikan?
Şuhrat Şokirjonov, jurnalist
Tasvirçi va montaj ustasi: Jahongir Aliboyev