Payşanba kuni Bryusselda boşlangan Yevropa ittifoqining ikki kunlik sammiti iştirokçilari uy xöjaliklari va korxonalar uçun energiya narxining oşişini çeklaş mexanizmlari ustida işlaşni davom ettirişga kelişib oldi. 21 oktyabr, juma kuni ertalab sammitga raislik qilgan Yevropa kengaşi rahbari Şarl Mişel Twitter'da «birdamlik va hamjihatlik ğalaba qozondi» deb yozdi. Energiya muammosi muhokamasi keçgaça davom etdi.
Sammitda batafsil muhokama qilingan, Yevropa komissiyasi (YeK) tomonidan şu hafta boşida e’lon qilingan takliflar asosida iş davom etadi. Xususan, Yevropa ittifoqi Yevropa davlatlari tomonidan gaz sotib olişning yagona tizimini yaratiş va suyultirilgan gaz uçun adolatli narxni hisoblaşning yangi formulasini joriy etişni taklif qildi, bunda Rossiyadan quvurlar orqali gaz yetkazib berişning keskin kamayişi hisobga olinadi.
Yevropa ittifoqi energetika vazirlari şu va boşqa ehtimoliy çoralarni muhokama qilişni davom ettiriş uçun kelasi hafta uçraşişga kelişib oldi. «Oldinda juda köp iş bor, - dedi Belgiya boş vaziri Aleksandr de Kroo. - Biz hali tajribaga ega bölmagan yangi, noma’lum hududga kirmoqdamiz».
Energiya yuqori narxlarini jilovlaş uçun tezkor yeçim topiş böyiça Yevropa ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Bunday yeçim sifatida Belgiya va Fransiya kabi ba’zi davlatlar Yevropa kompaniyalari tomonidan jahon bozorida sotib olingan gaz uçun narx çegarasini belgilaşni taklif qildi. Biroq, Germaniya va Vengriyani öz içiga olgan Yevropa ittifoqi mamlakatlarining yana bir guruhi bu ğoyaga şubha bilan qaradi, çunki importçilar Yevropaga gazni sun’iy çeklangan narxda sotişdan şunçaki boş tortişi mumkin.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniya kansleri Olaf Şols bilan mojaroni hal qilişda muvaffaqiyatga erişiş uçun «qattiq işlaganini» aytdi. Kelasi hafta Fransiya va Germaniya rahbarlari Parijda bu masalani yana muhokama qiladi. «Fransiyaning roli qarama-qarşiliklarga qaramay, birdamlikka erişişdir», dedi Makron.
Öz navbatida, Şols bahslar faqat usullar böyiça ketayotganini va istalgan natija hamma uçun bir xil ekanligini ta’kidladi. «Gaz narxi, neft narxi, kömir narxi tuşişi kerak; elektr narxi tuşişi kerak va bu maqsadga erişiş Yevropadagi barçaning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qiladi», - deya uning sözlarini keltiradi AP. U sammitning birinçi kuni natijalarini Yevropa ittifoqidagi energetika inqirozini hal qilişda «olğa siljiş» deb baholadi.
Germaniyada 2023 yil martidan xususiy iste’molçilar va korxonalarga xonalarni isitiş, şuningdek, elektr energiyasi işlab çiqariş uçun sotiladigan gazning maksimal narxiga çeklov joriy etilişi mumkin. Uşbu rejani moliyalaştiriş uçun Germaniya hukumati keyingi ikki yil içida 200 milliard yevro kredit olişni möljallamoqda. Biroq, Yevropa ittifoqining nisbatan kambağalroq davlatlari bu Yevropada raqobat şartlarining buzilişiga olib kelişidan xavotirda.












