Videomurojaatda olti nafar ayol ayni damda oğir vaziyatda yaşayotgani va ularga qullardek munosabatda bölişayotgani, nomusi toptalayotgani bayon qilingan. Özini Samarqand viloyatidanman, deb taniştirgan ayol bir yil avval  Hindistonga işlaş uçun borib, u yerda aldov qurboni bölganini aytgan. Uning yonida yana beş nafar özbekistonlik ayol tutqunlikda qolmoqda.

Ma’lum bölişiça, uni öz dugonalari – samarqandlik bölgan ikki ayol N.N. hamda Z.J. Hindistonga olib borgan va turkmanistonlik A.J.ga sotib yuborib, pasportini qölidan zörlik bilan olib qöyişgan. Şundan söng, ayolni fohişalikka majbur qilişgan.

Murojaatçi ayol öziga öxşab u yerda aldanib qolganlar juda köpligini aytmoqda. Ayol öz murojaatida Suriyadan olib kelinganlar qatori özlariga ham hukumat yordami berilişiga umid bildirgan. Uning sözlariga köra, Samarqand şahrida uç nafar farzandi bor, ularning ikki nafari hali voyaga yetmagan.

Uşbu holat böyiça Özbekistonning Hindistondagi elçisi Dilşod Ahatov bilan boğlandik. Elçi ayollar taqdiridan xabardor ekanini aytdi. Ayollar Hindistonga noqonuniy tarzda kirib borgani sabab ayni paytda mamlakat huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Elçining aytişiça, ayollarga huquqiy yordam berilmoqda, biroq tergov tugamaguniga qadar tutqunlikdagi ayollar mamlakatni tark eta olmaydi, iş yakunlangaç, Özbekistonga qaytarilişi mumkin.

Murojaatçi ayol özi bilan boğlaniş uçun kontakt qoldirdi (Kun.uz'da ayolning Telegram-raqami bor) va hukumatdan yordam kutmoqda. Öz xavfsizligi uçun ism-familiyasini oşkor qilmaslikni söradi.

Videotasvirda tutqunda qolayotgan ayolning ayovsiz kaltaklanayotgani ham aks etgan.

Isomiddin Pölatov,  Kun.uz muxbiri,
Montaj ustasi – Faxriddin Xotamov.