Respublika böylab issiqxonalarni gazdan uziş boşlandi. Hosilga kirgan köçatlarning taqdiri nima böladi?
|23:47 / 23.10.202230 76514 min
Respublika böylab issiqxona xöjaligi taşkil etgan tadbirkorlar kuz-qiş mavsumida gaz yetkazib beriş töxtatilişi haqida ogohlantiriş olgan. Ayrim hududlarda allaqaçon issiqxonalarni gazdan uziş boşlab yuborilgani aytilmoqda. Tadbirkorlar gaz ta’minoti korxonalarining bu harakatlaridan norozi bölmoqda.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
“Hududgazta’minot” AJ tomonidan joylardagi gaz ta’minoti filiallariga yuborilgan topşiriq xatida issiqxona xöjaliklarini tabiiy gazga muqobil bölgan import kömir yoki boşqa turdagi yoqilği bilan ta’minlaş, kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz yetkazib berilişi kafolatlanmagan ulgurji iste’molçilarni rasman ogohlantirgan holda bosqiçma-bosqiç tabiiy gaz yetkazib borilişini töxtatiş haqida söz boradi.
Kun.uz’ga murojaat qilgan respublikaning turli hududlarida faoliyat körsatuvçi issiqxonaçilar allaqaçon ogohlantiriş olişgani, hosil ğarq pişib turganiga qaramay ayrim issiqxonalar allaqaçon gazdan uzib qöyilganini aytişmoqda.
Issiqxona xöjaliklari rahbarlariga taqdim etilayotgan ogohlantiriş xatida 2022–2023 yilgi kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlaş maqsadida tasdiqlangan jadval-reja asosida 3-5 kun içida tabiiy gazdan muqobil yoqilğiga ötiş kerakligi haqida söz boradi. Gaz ta’minoti korxonalari uşbu ogohlantiriş xati bilan issiqxonani isitiş uçun gazdan boşqa yoqilğiga ötilganda yuzaga kelişi mumkin bölgan barça salbiy oqibatlar uçun javobgarlikni zimmasidan soqit qilib, buning uçun issiqxona egalari javobgar bölişini eslatgan.
Issiqxona xöjaliklariga taqdim etilayotgan ogohlantiriş xati namunasi. Foto: Kun.uz
Issiqxona faoliyati bilan şuğullanuvçi bir guruh tadbirkorlar biz bilan suhbatda davlatning va’dalariga işonib katta pul tikib, qarz va kredit olib bu işni boşlaşgani, agar kelgusida bu kabi muammolar yuzaga kelişini bilişganida issiqxonaçilikning yaqiniga ham yölamagan bölişlarini ta’kidlaşmoqda.
– 2018 yilda iş boşlaganman. 3 gektar maydonda issiqxona barpo etganman. Hali Osiyo taraqqiyot bankidan olingan kreditni töliq qaytarib ulgurmaganmiz. Hozirga qadar bir söm ham foyda olganimiz yöq, topgan pulimiz qarzimizni qaytarişga ketmoqda.
Gaz uçun har oy oldindan 100 foiz tölov qilamiz. Bir oyda 150 million sömlik gaz işlatamiz. Hisobimizda keyingi oyning öninçi sanasigaça yetadigan pulimiz bor. Lekin “Hududgaz Toşkent” korxonasi 3 kun içida issiqxonamiz gazdan uzilişi haqida ogohlantirdi. Lekin men ogohlantirişni qabul qilişdan boş tortdim.
Mavzuga oid
Qibraydagi issiqxonada hosilga kirgan pomidorlar. Foto: Kun.uz
Çunki 3 gektarga pomidor ekkanman. Köçatlarim ğarq hosilga kirgan. Agar hozir gazni öçirib qöyadigan bölişsa, 300 ming dollar zararga kiraman. Şuni köra-bila turib, bizni gazdan uzib qöyişlari qançalik töğri? Uvol emasmi bu?Davlat rahbari keyingi paytda oziq-ovqat xavfsizligi haqida köp gapirmoqda.
Pandemiya davrida, Ukraina-Rossiya örtasidagi ziddiyat fonida bu masalaning qançalik dolzarbligini har bir özbekistonlik his qilganiga şubham yöq. Şunday murakkab paytda aholini qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan ta’minlaş bilan şuğullanayotgan kiçik biznes vakillarining muşkulini oson qiliş, kömaklaşiş kerak emasmi? Biz esa buning aksini köryapmiz”, deydi ismi sir qolişini söragan qibraylik tadbirkor.
Qibraydagi issiqxonada hosilga kirgan pomidorlar. Foto: Kun.uz
“Zamonaviy issiqxonalarni kömir bilan isitib bölmaydi”
Qaşqadaryolik tadbirkorning aytişiça, hududiy gaz ta’minoti korxonalari taklif qilayotgani kabi issiqxonalarni kömir bilan isitişning imkoni yöq. U bu usul faqatgina kiçik maydondagi qölbola issiqxonalarda iş berişi mumkinligini ta’kidladi.
– Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida 2 gektar yer maydonida issiqxona barpo etganmiz. Bizga 5 kun içida 3 oylik muqobil energiya, ya’ni kömir zaxirasini ğamlab turişimiz kerakligini aytişdi. Lekin 3 oyga yetadigan kömirni 5 oyda ham ğamlay olmaymiz. Çunki buning uçun yetarli mablağimiz yöq.
Qolaversa, kömir yordamida 10-20 sotix yerlarni isitiş mumkindir. Ammo katta issiqxonalarni, gektarlab yerlarni kömir yordamida isitib bölmaydi. Masalan, bizning issiqxonamiz balandligi 8 metr, hajmi 2 gektar. Bunday issiqxonalarni kömir bilan isitişning imkoni yöq. 20-30 gektar maydonda issiqxona barpo etganlar bor, ular nima qilsin?!
Qarşidagi issiqxonada hosilga kirgan pomidorlar. Foto: Kun.uz
Agar “RayGaz”dagilarning aytganini qilişga majbur böldik ham deylik. Buning uçun yana xarajat qilişim, taxminan 30 ming dollarga kömirda işlaydigan ikkita “kotyol” olişim kerak böladi. Bittasi bilan issiqxonamni isitib bölmaydi. Eng kamida bir vagon kömir olişim kerak, buning uçun 1,5 ming dollar atrofida mablağ talab qilinadi. Qişdan çiqişimiz uçun taxminan 10 ming dollarlik kömir sarflaşga töğri keladi.
Ammo hozirgi holatimizda bunça miqdordagi xarajatga imkoniyatim yöq. Çunki faoliyatimizni 2019 yil boşlagan bölsak-da, uç yillik imtiyozli davrdan foydalana olmadik. Qolaversa, gidroponika böyiça mutaxassis topolmadik, keyin ruslar kelib iş örgatişdi, ularga şogird tuşib örgandik. Ammo vaqt yöqotganimiz uçun kredit tölovi böyiça jadvaldan orqada qolib ketdik. Topganimiz bankka ketyapti-yu, endi esa gaz ta’minoti bilan boğliq muammolar yuzaga kelmoqda”, deydi ismini oçiqlaşni istamagan tadbirkor.
Qarşidagi issiqxonada hosilga kirgan pomidorlar. Foto: Kun.uz
“1 mln dollarlik eksport şartnomamiz borligini aytsak-da, gazdan uzib qöyişdi”
Jizzax viloyati Şaraf Raşidov tumanida 5 gektar maydonga issiqxona taşkil etgan Greenhouse Fruits MÇJ rahbari O.Ergaşev Rossiya bilan 1 mln dollarga eksport şartnomasi borligi, şartnomaviy majburiyatlarini hali bajarmaganiga qaramay issiqxonasi gazdan uzib qöyilganini aytmoqda.
“2019 yili Jahon bankining 1,2 mln dollarlik krediti bilan faoliyatimizni boşlaganmiz. Dastlab ikki gektar yerda issiqxona taşkil qilgan bölsak, keyinçalik faoliyatimizni kengaytiriş orqali yerimizni 5 gektarga yetkazdik. Bugungi kunda 5 gektarning barçasiga pomidor ekilgan. 1 mln dollarlik mahsulotlarimizni Rossiyaga eksport qiliş böyiça şartnomamiz bor. Oldindan bizga 30 ming dollar tölab berilgan. Şunaqa kelişganmizki, hamkorimiz har safar 30 ming dollarni hisobga ötkazadi, biz şu pulga yaraşa mahsulot yuboramiz. Ya’ni rossiyaliklar oldindan tölov asosida işlayman deganimda rozi bölişgan.
Rossiya uçun maxsus navdagi pomidor ekkanmiz. U bir oyda pişadi. Pomidorimiz pişiş arafasida. Hali bir kilo ham eksport qilganimiz yöq. Zimmamizda eksport majburiyati turibdi. Şularni aytsak ham gaz ta’minoti korxonasi bizga ogohlantiriş xati berdi-da, issiqxonamizni gazdan uzdi. Yöqsa ogohlantiriş berişgan zahoti gazimizni uzmay turişlarini sörab, vaziyatimizni tuşuntirib xat yozgandik. Biroq vajlarimiz inobat olinmadi.
Özi bir oyga bor-yöği 110 ming kub gaz olamiz. Mahsulotimiz yetiliş arafasida. Lekin ayni paytda gazsiz ötiribmiz. Köçatlarimiz gaz uzilgan birinçi keçadagi sovuqning özida “stress” olib böldi. Ularni jonlantiriş uçun yana xarajat qildik. Keça, bugun sovuq bölgani yöq xudoga şukur. Köçatlarimiz sovuq urmagan bölsa ham hozir issiqxona içida bizga zarur harorat yöq. Bu ahvolda kunlar sovib ketmasa ham mahsulotimiz pişişi sekinlaşadi.
Agar mahsulotimizni sovuq uradigan darajada sovuq tuşadigan bölsa, meni olib borib qamab qöyişsa ham gazni ulayman. Boşqa ilojim yöq. Çunki hozirgaça hazilakam xarajat qilganimiz yöq. 5 gektarga 250 ming dollardan köproqqa mineral öğit işlatganmiz. Iş haqi, elektr toki xarajatlari, bularning barçasi hisoblansa, juda katta xarajat qilingan. Mahsulotni sovuq uradigan bölsa xonavayron bölamiz”, deydi O.Ergaşev.
Issiqxona gazdan uzilgandan keyingi pomidorlarning holati. Foto: Kun.uz
Suhbatdoşlarga köra issiqxona sanoati barqaror va daromadgir soha emas. Tadbirkorlar bu işni boşlaşgan vaqtdagi xarajatlar bilan hozirgi paytdagisi bir-biridan tubdan farq qilişini aytmoqda. Ya’ni mahsulotning içki va taşqi bozordagi narxi deyarli özgarmagan bölsa-da, unga beriladigan ozuqa moddalar narxi ikki barobarga qimmatlaşgan. Sohadagi bu va boşqa muammolarga sabr qilib işlaşayotgan bir paytda gazdan uzib qöyiş ularga oğirlik qilayotgani, işdan sovutayotganini aytmoqda.
Suhbatdoşlarning ta’kidlaşiça, gaz ta’minoti korxonasi va issiqxona egalari örtasida tuzilgan şartnomalar bir yoqlama hamda monopol taşkilot manfaatlarini közlab tuzilgan.
“Gaz yetkazib beriş böyiça şartnomalardagi bandlar yuzasidan avvalboşdan e’tirozlarimizni bildirganmiz. Çunki şartnomada bizning manfaatlarimizga zid, faqatgina monopol taşkilot foydasiga xizmat qiladigan bandlar köp.
Masalan, agar gaz taqçilligi yuzaga kelgudek bölsa, şartnomaga köra istalgan vaqtda bizni tarmoqdan uzib qöyişlari mumkin. Şu şartga roziman deb bizdan qöl qöydirib olişgan. Qöl qöymaslik ilojsiz edi.
Teng huquqli şartnoma söraganimizda gazga ulab berişmay sarson qilişdi. Zimmamizda qarzlarimiz bölgani, ötayotgan har bir kun zararimizga işlayotgani uçun noiloj şartnomaga qöl qöyganmiz. Endilikda aynan şu bandini asos qilib, issiqxonalarimizni gaz tarmoğidan uzişyapti. Bu şaroitda tadbirkor qanday qilib investitsiya kiritişi, qanday qilib kreditni tölaşi va qanday qilib foydaga kirişi mumkin?” deydi qibraylik tadbirkor.
Foto: “Hududgazta’minot” AJ
“Hududgaz bilan tuzilgan şartnomamizning 2.7-bandiga bizning zararimizga işlaydigan qoidani tirkab qöyişgan. Ya’ni unga köra, aholini gaz bilan ta’minlaşda muammo yuzaga keladigan bölsa, ta’minotçi istalgan vaqtda iste’molçini gaz tarmoğidan uzib qöyişga haqli. Bu “şablon” qilib qöyilgan şartnoma. Uni özgartirişga rozi bölişmagan. Şu şartnomani imzolasak, gazga ulab berişlarini aytişgan. Majbur rozi bölganmiz.
Öşa paytda gazga ulanib olganimizga şukur qilganmiz. “Keyin nima bölsa xudo poşşo” degandik öşa paytda. Şartnomaviy munosabatlardagi notenglik mana bugun boşimizga kaltak bölib sinyapti. Ammo hozir dardimizni eşitadigan vallomat yöq. Dod desak, mana, özing rozi bölgan ekansan-ku, deb şartnomani peş qilişadi. Hoy, baraka topkur, şartnomaning özi qonunlarga qançalik mos? Nega u tadbirkorning zarariga işlaydigan qilib tuzilgan? Bu savollarga javob beradigan, manfaatlarimizni himoya qiladigan mutasaddini topolmayapmiz”, deydi qarşilik issiqxona xöjaligi egasi.
“Hududgazta’minot” AJ iste’molçilardan gazdan oqilona foydalanişni söradi
Murojaatçilarning vajlari böyiça “Hududgazta’minot” AJ mas’ullaridan ham izoh söradik. Jamiyat axborot xizmati rahbari Mehribon Mametova havo haroratining keskin pasayişi kutilayotgani uçun asosiy resurslarni aholi va ijtimoiy soha obektlariga yönaltiriş maqsadida issiqxonaçilarga kömir va boşqa muqobil yoqilğidan foydalaniş tavsiya etilganini bildirdi. Biroq u hosili ğarq pişib turgan, ammo muqobil yoqilği topolmagan tadbirkorlar masalasi qanday hal qilinişi haqidagi savolimizni oçiq qoldirdi.
Mehribon Mametova, “Hududgazta’minot” AJ raisining matbuot kotibi. Foto: AOKA
“Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 oktyabrdagi “2022/2023 yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarini jadallaştiriş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar töğrisida”gi 224-son yiğiliş bayonining 41-bandiga asosan, aholi va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş maqsadida bir qator vazifalar belgilangan.
Jumladan, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududlardagi avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati böyiça reja-grafiklar tuzilmoqda. Mavsumiy iste’molçilarga kömir va boşqa muqobil yoqilğilardan foydalaniş haqida xabarnomalar yuborilgan.
Bugungi kunda respublika böylab 2885 ta issiqxona xöjaliklari faoliyat yuritmoqda. Şundan 1793 tasi kömir va boşqa muqobil yoqilği turlaridan foydalanadi. 1092 tasi tabiiy gazga moslaştirilgan.
“Özgidromet” xabarlariga köra kelayotgan kuz-qişda xavo haroratining keskin pasayişi kutilmoqda. Şu munosabat bilan asosiy resurslarni aholi va ijtimoiy soha obektlariga yönaltirilişi maksadida, issiqxona xöjaliklari va mavsumiy iste’molçilarga kömir va boşqa muqobil yoqilğidan foydalaniş tavsiya etilgan. “Hududgazta’minot” AJ öz navbatida iste’molçilardan tabiiy resurslardan oqilona foydalanişni söraydi”, deyiladi Mehribon Mametova tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma’lumotda.
Tadbirkorlarning dodini eşitadigan bormi?
“Hududgazta’minot” aksionerlik jamiyatining javobi issiqxona faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarning muşkulini oson qilmasligini anglab yetgan bölsangiz kerak. Bu örinda Adliya vazirligi Hududgaz va tadbirkorlar örtasida tuzilgan şartnomalar amaldagi qonunlarga qançalik muvofiqligini örganişi va huquqiy baho berişi zarur nazarimizda.
Balki asosiy işi işbilarmonlarning manfaatlarini himoya qiliş bölgan Biznes ombudsman borligini körsatadigan vaqt kelgandir? Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil Dilmurod Qosimov qoğozbozliklaru hisobotlardan boş kötarib, gazdan uzilayotgani ortidan milliard-milliard zararga kirayotgan, bundan ham yomoni, ğarq pişiş arafasidagi ne’matlar nobud bölayotgan bir vaqtda amaliy iş körsatişi kerak emasmi? Xullas, mutasaddilar hayit ötganidan keyin emas, balki ungaça nimadir qilişlari kerak. Yöqsa keç böladi.
Kun.uz mavzuga doir suriştiruvlarini davom ettiradi.