Toşkentda yomğir sabab 23 oktyabr kuni yerusti yönalişlarida poyezdlar harakati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Qöyliq dehqon bozori oldida qurilayotgan avtomobil yöl köprigidagi quriliş uçun möljallangan materiallari bugungi yomğir natijasida poyezdlar harakatiga xavf (gabaritdan taşqarida) solgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida belgilangan yöriqnomaga asosan «Yer usti halqa yöli» yönalişidagi metro poyezdlari harakati 9:00 dan 9:25 ga qadar töxtatilgan.

«Ayni vaqtda ma’sullar tomonidan qurilişdagi uşbu kamçiliklar bartaraf etilgan hamda poyezdlar harakat jadvali asosida harakatlanmoqda», — deyiladi xabarda.