Vazirlar Mahkamasining “Bozor va savdo komplekslarini zamonaviy yondaşuvlar asosida rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan hududlarda joylaşgan bozor va savdo komplekslarini zamonaviy yondaşuvlar asosida rivojlantiriş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar dasturi, tuman (şahar) hokimlari boşçiligida bozor va savdo komplekslarini örganiş böyiça tuziladigan işçi guruhlar namunaviy tarkibi tasdiqlanmoqda.
Işçi guruhlar bozor va savdo komplekslari hozirgi zamon arxitektura va şaharsozlik me’yor talablariga mos kelişi, sanitariya, veterinariya, yonğin xavfsizligi hamda zarur infratuzilma bilan ta’minlangani holatini xatlovdan ötkazişi, xatlov natijalariga köra har bir bozor kesimida ular keyingi faoliyatini samarali taşkil etiş böyiça amaliy takliflarni işlab çiqişi va tasdiqlaş uçun Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlariga kiritişi lozim.
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari mutasaddi taşkilotlar bilan birga 2023 yil 1 martgaça hududiy işçi guruhlar tomonidan kiritilgan takliflar asosida hududlardagi bozor va savdo komplekslari faoliyatini samarali taşkil etiş böyiça aniq manzilli röyxatni, moliyaviy manbalarini körsatgan holda tasdiqlaydi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi Davlat soliq qömitasi hamda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda 2023 yil 1 iyulga qadar Ye-BOZOR bozorlar va savdo komplekslari yagona elektron platformasini yaratadi.
Quriliş vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi hamda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda dehqon bozorlarini taşkil etiş böyiça tavsiyaviy talablarni işlab çiqadi.
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Davlat aktivlarini boşqariş agentligi bilan birgalikda ketma-ket 2 ta moliyaviy hisobot davrida faoliyatini zarar bilan yakunlagan yoki tasdiqlangan biznes reja körsatkiçlarini asossiz bajarmagan davlat uluşi mavjud bozor va savdo komplekslari aksiyadorlar (iştirokçilar) umumiy yiğilişlarida ijroiya organi rahbarlari vakolatini belgilangan tartibda muddatidan oldin tugatiş masalasini körib çiqadi.
Davlat aktivlari agentligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bozor va savdo komplekslari ijroiya organi rahbari lavozimiga nomzodlarni şaffof tanlov asosida saralab oliş böyiça namunaviy tartib işlab çiqilişini hamda bozor va savdo komplekslari boşqaruv organlari qarorlari bilan tasdiqlanişi, 2023 yil 1 iyulga qadar tasdiqlangan tartib böyiça yangiça fikrlaydigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlarni tanlov asosida saralab olinişini va uç yil muddatga tayinlaş çoralari körilişini ta’minlaşi közda tutilgan.











