Unda qayd etilişiça, oktabr oyida Belarusda safarbarlik resurslarini tekşiriş davom etmoqda. Mahalliy ijro hokimiyati organlari huzurida işga qabul qilinişi mumkin bölgan şaxslar haqidagi ma’lumotlarni tekşiriş va aniqlaştiriş böyiça maxsus guruhlar taşkil etilgan.
Harbiy yoşdagi erkaklarning faoliyat turi, harbiy mutaxassisliklari va oilaviy ahvolini aniqlaştiriş davom etmoqda.
Bundan taşqari, Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi rossiyaliklar Zaporijjya AES işçilariga jismoniy va ma’naviy bosim ötkazib, ularni «Rosatom» bilan şartnoma imzolaşga majbur qilayotgani haqida xabar berdi.
Qayd etilişiça, stansiya xodimlariga Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududga ham boriş taqiqlangan.
Bundan oldin Uruşni örganiş instituti Belarusdan Ukraina şimoliga hujum qiliş xavfi unçalik katta emas, deb hisoblagandi. Rossiya tomoni Baxmut hududidagi olğa siljiş haqidagi ma’lumotlarni soxtalaştirişda davom etayotgan bölişi mumkin, deya ta’kidlaydi ISW.
Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş operativ boşqarmasi boşliği örinbosari, brigada generali Aleksey Gromovning 20 oktyabr, payşanba kuni bergan ogohlantirişiga qaramay, Rossiyaning Belarusdan Ukraina şimoliga hujum qiliş xavfi pastligiça qolmoqda. Bu haqda Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) sönggi hisobotida aytiladi. Gromovning ta’kidlaşiça, bunday tahdid ehtimoli ortib bormoqda va rus qöşinlari Ğarb hamkor mamlakatlardan ta’minot liniyalarini buziş uçun Ukraina şimoli-ğarbiy qismiga hujum qilişi mumkin.
Rossiya kuçlari ğarbdan quruqlikda hujum qiliş orqali Ukraina ta’minot liniyalari oqimiga hatto aralaşiş imkoniga ega emasligini hisobga olsak, yaqin oylarda voqealarning bunday rivojlaniş ehtimoli yöq, deydi amerikalik tahlilçilar.













