AQŞ tarafidan jangovar maşinalarni Markaziy qömondonlik qömondonining örinbosari general-mayor Vendul Xagler topşirgan, ularni Mudofaa vazirligi Maxsus tezkor qöşinlar boşqarmasi boşliği qabul qilib oldi. Ma’lum qilinişiça, AQŞ Mudofaa vazirligining «Hamkorlar salohiyatini oşiriş» dasturi doirasida taqdim etilgan texnikalarning qiymati 2,8 million dollarga baholangan. Bu Amerikaning Özbekistonga hadya qilgan mudofaa mahsulotlarining bir qismi ekanligi aytilmoqda.

Foto: AQŞning Özbekistondagi elçixonasi

«Uşbu uskunaning topşirilişi Qöşma Ştatlar Özbekistonga Özbekistonning milliy suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilişga hissa qöşiş uçun taklif etayotgan yordam şakllaridan biri xolos. Qöşma Ştatlar sönggi 31 yil içida sezilarli darajada rivojlangan hamkorligimizni yanada rivojlantirişni intiqlik bilan kutmoqda», deya general-mayor Xagler sözlarini keltirmoqda elçixona.

Eslatib ötamiz, joriy yil iyun oyida AQŞ Markaziy qömondonligi qömondoni general Maykl Kurilla boşçiligidagi harbiy delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurgan va prezident Şavkat Mirziyoyev, Xavfsizlik Kengaşi boş kotibi va mudofaa vaziri bilan uçraşuvlar ötkazgan edi. General Kurilla Özbekistonga taşrifdan asosiy maqsadi mintaqa xavfsizligini ta’minlaşda zarur bölgan munosabatlarni örnatiş ekanligini ta’kidlagan va yana kelişga umid bildirgan edi.