2017 yilda iş boşlagan Futbol TV telekanali keyingi 2022/2023 yilgi mavsum uçun TOP-5 çempionatlarini translatsiya qiliş huquqini qölga kirita olmagani ortidan avvalgi mavsumlardagi öyinlarnigina efirga uzatiş bilan kifoyalanayotgan edi. Şuningdek, Yevropa çempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Yevropa konfederatsiyalar kubogi, ayni paytda Qatarda bölib ötayotgan jahon çempionati bahslarini efirga uzatiş imkonidan mahrum böldi.

Futbol böyiça Angliya va Ispaniya çempionatlari bahslarini Rossiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari hududida translatsiya qilişning ekzklyuziv huquqini  Setanta Sport xarid qilgan va hozirda uşbu musobaqalardan örin olgan öyinlarni onlayn namoyiş etib kelmoqda.

Italiya A seriyasi, yevroligalar (Yevropa çempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Yevropa konfederatsiyalar kubogi, Millatlar ligasi), ayni paytda Qatarda bölib ötayotgan jahon çempionati bahslari MTRKning Sport telekanali tomonidan efirga uzatilib kelmoqda. Budjetdan moliyalaştiriladigan Sport TV kelişuv miqdorini oçiqlagani yöq.

Kun.uz manbalarining ma’lum qilişiça, Sport TV tomonidan translatsiyalar huquqi uç yilga sotib olingan. Şu sababli amalda deyarli faoliyat körsatmayotgan, retranslatsiyalar bilan efirni töldirib turgan Futbol TV rebrending e’lon qildi.

Unga köra telekanal bundan buyon FTV deb nomlanadi va unda özbek, rus, turk va jahon estradasi yulduzlari iştirokidagi maşhur kliplar, sport, kino, köngiloçar körsatuvlar efirga uzatiladi.

Özbekistonda ilk futbolga ixtisoslaşgan Futbol TV telekanali 2017 yil yanvarda UzReport telekanali qoşida taşkil etilgandi. Telekanal faoliyatini 2017 yil 23 apreldan boşlagan, öşa kuni “Real” va “Barselona” klublari örtasidagi bahs jonli efirga uzatilgandi.