Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda UzAuto Motors’ga 703 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan
O‘tgan yilda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 20ta korxona 2,6 trln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Foto: UzAuto Motors
2022 yilda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 72 ming 348 nafar yuridik shaxs tomonidan 39 trln so‘m soliq to‘langan. Shundan 17,5 trln so‘mi, ya’ni 44,8 foizi 20 ta korxona (NKMK va OKMK AJdan tashqari) hisobiga to‘g‘ri keladi. Ular to‘lagan soliqlar tovar aylanmasining 1/6 qismini (101,3 trln so‘m) tashkil etgan. Qo‘llangan soliq imtiyozlari miqdori – 2,6 trln so‘m. Xususan:
- “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ – 1 trln 103,7 mlrd so‘m;
- “UzAvto Motors” AJ – 702,9 mlrd so‘m;
- “Navoiyazot” AJ – 244,5 mlrd so‘m;
- “Uzbat” AJ – 138,8 mlrd so‘m;
- “Maxam-Chirchiq” AJ – 78,2 mlrd so‘m;
- “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ – 74,5 mlrd so‘m;
- “O‘zbekneftgaz” AJ – 68,5 mlrd so‘m;
- “Farg‘onaazot” AJ – 61,5 mlrd so‘m;
- “O‘zbekko‘mir” AJ – 33,9 mlrd so‘m;
- “O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi” UK – 31,3 mlrd so‘m;
- “Toshkent vino kombinati” AJ – 27,5 mlrd so‘m;
- “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ – 24 mlrd so‘m;
- “Qizilqumsement” AJ – 19,2 mlrd so‘m;
- “Ammafos-maxam” AJ – 19,1 mlrd so‘m;
- “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ – 3,8 mlrd so‘m;
- “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ - 3,5 mlrd so‘m;
- “Shohrud” AJ – 2,3 mlrd so‘m;
- “Tashkent Tobacco” MChJ – 1 mlrd so‘m;
- “Coca-Sola ichimligi Uzbekistan LTD” MChJ – 0,5 mlrd so‘m;
- “Talimarjon” IES AJ - 0,4 mlrd so‘m soliq imtiyozlari olgan.
Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 5,3 trln so‘m;
- Foyda solig‘i – 5,3 trln so‘m;
- Aksiz solig‘i – 3,4 trln so‘m;
- Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 1,9 trln so‘m;
- JShODS - 834,9 mlrd so‘m;
- Mol-mulk solig‘i - 451,4 mlrd so‘m;
- Yer solig‘i - 315,5 mlrd so‘m;
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 106,1 mlrd so‘m.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi

16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi

18:45 / 27.12.2024