Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S23 flagman smartfonlari seriyasini e’lon qildi. Kompaniya vakillari Galaxy Unpacked tadbiri çoğida smartfonlarni taqdim etdi. Marosim kompaniyaning YouTube kanalida namoyiş etildi.

Yangi smartfonlar qatoriga Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra kiradi. Seriya qurilmalari Snapdragon 8 Gen 2 protsessori va 8 gigabayt operativ xotira bilan ta’minlangan.

Foto: Samsung

Asosiy smartfon 6,1 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyga ega bölib, 120 gers çastotasini qöllab-quvvatlaydi, 128 gigabaytlik disk, 50, 12 va 10 megapikselli linzali uç kameraga ega. Qurilma 3900 milliamper-soat quvvatga ega akkumulyatorni oldi. Galaxy S23+ modeli asosiy smartfondan 6,6 dyuymli ekran va 4700 milliamper-soatli batareyaga egaligi bilan farq qiladi.

Foto: Samsung

Seriyaning eng yaxşi telefoni 6,8 dyuymli displeyni oldi. Galaxy S23 Ultra 200, 12, va 10 megapikselli kameralar, 100 marta kattalaştira oladigan masştabli kamera, 5000 milliamper-soatli batareyaga ega.

Foto: Samsung

Seriyadagi eng hamyonbop qurilma – Galaxy S23 narxi 799 dollar yoki taxminan 9 mln sömni taşkil qiladi. Galaxy S23 Ultra 1199 dollar yoki taxminan 13,5 mln sömga baholangan. Samsung öz veb-saytida flagmanlarga oldindan buyurtma beriş imkoniyatini oçgan.