Pokistonning sobiq prezidenti Parviz Muşarraf Dubaydagi hospitalda 79 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Sönggi yillarda Birlaşgan Arab Amirliklarida quvğunda yaşab kelayotgan Muşarraf amiloidoz kasalligidan (organizmda oqsil almaşinuvidagi buziliş bilan boğliq kam uçrovçi kasallik) aziyat çekayotgandi.
Pokiston mudofaa vazirligi sobiq prezident vafoti yuzasidan hamdardlik bildirgan.
Parviz Muşarraf Pokistonda 1999 yilda röy bergan harbiy davlat töntarişi natijasida hokimiyatga kelgandi. U 2001-2008 yillarda mamlakat prezidenti bölgan.
U köplab suiqasdlarni boşdan keçirgandi. 2001 yil 11 sentabridan keyin Pokiston jamiyatidagi kayfiyatga qaramay, AQŞning «terrorga qarşi uruşi»ni qöllab-quvvatlagan, natijada jangarilar va Ğarb örtasidagi kuraşda oldingi saflarda böladi.
2008 yilda Muşarraf saylovlarda mağlubiyatga uçraydi va bir yarim oy ötib mamlakatni tark etadi.
General 2013 yilda Pokistonga qaytadi va yana saylovlarda iştirok etişga urinadi, ammo hibsga olinib, saylovda nomzodini qöyiş huquqidan mahrum etiladi. Pokiston hukumati taşabbusi bilan Muşarrafga nisbatan jinoiy iş qözğatiladi. Uni 2007 yilda Konstitutsiyaviy sud Muşarrafning yangi muddatga saylanişi qonuniyligi masalasini körib çiqişga qaror qilganida mamlakatda favqulodda holat joriy etib, konstitutsiyani bekor qilgani uçun davlatga xiyonatda ayblaşadi. U sirtdan ölim jazosiga hukm etiladi, ammo bir oy ötib bu hukm bekor qilinadi.
2016 yilda u yana mamlakatni tark etib, davolaniş uçun Dubayga ketadi. Kasalligi tufayli u vataniga qaytiş istagini bildirgandi.
Pokiston armiyasi vakillari Muşarrafning ölimi haqida berilgan xabarida «samimiy hamdardlik» izhor etişgan va qöşimça qilişgan: «Alloh marhumning ruhini şod qilsin va oilasiga kuç-quvvat bersin».
Pokiston prezidenti Arif Alvining ofisining AFP agentligi iqtibos keltirgan ta’ziyanomasida prezident «marhumning ruhi mangu orom topişi uçun va uning oilasiga bu yöqotiş yukini kötarişda jasorat tilab» duoda bölişi aytilgan.












