“Manzil” jamoasi Özbekistonning ğaroyib göşalarini körsatişda davom etadi. Namangandan boşlangan sayohatimiz Samarqandning Urgut toğlari orasida joylaşgan Omonqöton qişloği, Qaşqadaryoning Langari, Surxonning Boysunidan ötadi. Bu körsatuvda birinçi manzil – Omonqöton qişloğini taniştiramiz.
Omon qolgan çorva qörasi nomini beruvçi Omonqöton qişloği Samarqandni Qaşqadaryo bilan boğlovçi Taxtaqoraça dovoni boşlanişida joylaşgan.
Qişloq ahli çorvaçilik va dehqonçilik, şu bilan birga, boğdorçilik bilan şuğullanadi. Toğ yonbağrida joylaşgani uçun yoz oylari markazdan va havosi issiq tumanlardan qişloqqa keluvçilar köpayadi.
Samarqand hududida topilgan eng qadimiy yodgorliklardan biri Omonqöton ğor makoni hisoblanadi. Bu yerga keluvçi sayyohlar ğorga 50-60 metrgaça kirişadi.
1948 yilda Omonqöton ğorida olib borilgan qaziş işlari natijasida Teşiktoşdagiga öxşaş fauna aniqlangan.
Atrofda daraxtlar şu darajada köpki, yoz oylari kelgan odam özini örmon içidan ötgandek his qiladi. Aslida bu joy haqida köp eşitgandan, bir marta borib körgan yaxşi.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus












