Suğurta sohasini rivojlantirişda “Özbekinvest” kompaniyasi faol iştirok etib, 2022 yil yakunlariga köra ijobiy dinamikani körsatdi va faoliyatidagi asosiy körsatkiçlarining barqaror ösişini ta’minladi.
“Özbekinvest” kompaniyasi 2022 yildagi faoliyati yakunlariga köra, Özbekiston suğurta bozorida yetakçi örinni saqlabgina qolmay, balki yanada mustahkamlab, 931 milliard söm suğurta mukofotlarining yalpi yiğilişini ta’minladi hamda 2021 yil yakuniga nisbatan hajmlarning 242 foizga ösişiga erişdi.
2017 yildan 2022 yilgaça bölgan davr mobaynida yiğilgan mukofotlar miqdori 9 barobarga oşdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining eksport faoliyatini suğurta himoyasi bilan ta’minlaş böyiça qarorlarida aks ettirilgan kompaniya oldidagi vazifalar ijrosi doirasida 2022 yilda “Özbekinvest” tomonidan milliy tovar va xizmatlar eksportçilariga 2,1 milliard AQŞ dollari miqdorida suğurta himoyasi taqdim etildi, bu esa respublikaning noxomaşyo eksportida himoyasining 32 foizini taşkil etdi.
2022 yil körsatkiçlari keskin ösişining asosiy sababi – kompaniyaning xalqaro suğurta va qayta suğurtalaş bozorlarida suğurta operatsiyalarining jadal va barqaror rivojlanişi böldi, şu bois 2022 yil yakunlariga köra qayta suğurta mukofotlarining hajmi 54 million AQŞ dollarini taşkil etdi, bu esa 2021 yilgi uşbu körsatkiçdan 3 barobar köpdir. Natijada 2022 yilda kompaniyaning jami suğurta portfelidagi xizmatlar eksportining uluşi 2017 yildagi 0,5 foizdan 65 foizgaça oşdi.
Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Şveytsariya), Tokio Marine (Yaponiya), AXA (Fransiya), People Insurance Company of China (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Janubiy Koreya), Marsh (AQŞ), Willis, AON va UIB (Buyuk Britaniya) kabi yetakçi xalqaro transmilliy suğurta va qayta suğurtalaş kompaniyalari va brokerlari bilan birgalikda işlaşni yölga qöyilişi natijasida “Özbekinvest” hamkor mamlakatlar geografiyasini kengaytirdi. Bugungi kunda “Özbekinvest” kompaniyasining qayta suğurtalaş himoyasi dunyoning 118 ta davlatida qabul qilinmoqda.
Bu esa, öz navbatida, “Özbekinvest” kompaniyasining sönggi yillarda xalqaro suğurta bozorining faol va tan olingan nufuzli iştirokçisiga aylanganidan dalolat beradi.
Respublika iqtisodiyotining rivojlaniş tendensiyalaridan kelib çiqqan holda, 2022 yilda kompaniya hududlarda amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalarning suğurta himoyasini ta’minlaş doirasida jadal ösişni ta’minladi. 2022 yilda suğurta mukofotlarining yiğimi 42,2 milliard sömni taşkil etib, 2021 yil yakunlariga nisbatan 132 foizga ösişiga erişdi.










