Ukrainada urushning 460-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kiyev yana bir bor havo hujumiga uchradi — Kiyev shahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoning ma’lumotiga ko‘ra, bu may oyidagi 16-havo hujumi bo‘ldi. U havo hujumidan mudofaa kuchlari rossiyaliklarning 40 ta droni va qanotli raketalarini urib tushirganini ma’lum qilgan. Raketalardan birining parchasi qulashi oqibatida tinch aholi vakillaridan biri halok bo‘lgan.
  • Belgorod oblastidagi bir qancha aholi yashash manzillari o‘qqa tutildi. Grafovka qishlog‘ida tinch aholi vakillaridan biri halok bo‘ldi.
  • Ukraina Oliy radasi G‘alaba kunini 8 mayga ko‘chirdi.
  • Rossiyada harbiy holat to‘g‘risidagi qonun o‘zgartirildi. Endi anneksiya qilingan hududlarda saylovlar o‘tkazilishi, shuningdek odamlar deportatsiya qilinishi mumkin.

Kiyevga yangi havo hujumi

Rossiya qo‘shinlari 29 may kuniga o‘tar kechasi va tongda Kiyev bo‘ylab navbatdagi raketa zarbalarini yo‘lladi — bu Ukraina poytaxtiga oy boshidan buyon uyushtirilgan 16-hujum bo‘ldi. Kiyev shahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popkoning ma’lum qilishicha, avvaliga tunda 29 ta dron uchib kelgan, olti soat o‘tib «Iskander» tizimlaridan ballistik tipdagi 11 ta raketa bilan zarba berilgan - barcha nishonlar urib tushirilgan. Ammo bir qancha rayonlarda ularning parchalari qulagan. Shahar meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, bir kishi yaralangan.

Kiyev osmonidan dron va raketalarni qidirish jarayoni
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar raketalaridan birining Kiyev ustida portlashi
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Dym i sledy ot rossiyskix raket nad Kiyevom
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Havo trevogasi chog‘ida metroga yashiringan kiyevliklar