Sevastopoldagi baza. Foto: mirturizma46.ru

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimda joylashgan Sevastopol harbiy dengiz bazasida qo‘lga o‘rgatilgan delfinlar sonini ikki barobarga oshirmoqda. Chunki Ukrainaning strategik muhim ushbu shaharga hujum qila olish qobiliyati kun sayin oshib bormoqda. Ukrainaning raketalari, suvda suzuvchi pilotsiz boshqariluvchi qurilmalardan ham ko‘ra, Rossiya Ukraina maxsus xizmatlaridan bo‘ladigan tahdidga jiddiyroq e’tibor bermoqda.

Naval News nashri delfinlar yetishtiriladigan joylar ko‘paytirilganiga ishora qilmoqda. Jangovar xizmat qilishga o‘rgatilgan delfinlar soni ham 3–4 tadan 6–7 tagacha ko‘paytirilgan.

Sevastopoldagi harbiy dengiz bazasi himoyasi. Infografika: Naval News

Delfinlar yordamida patrullik qilish davomiyligi va qamrovi oshgani ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu dengiz jonivorlari jangovar suzuvchilar deb ataluvchi, suv ostidan bildirmasdan suzib kelib, bazaga hujum qilishi mumkin bo‘lgan Ukraina maxsus xizmati g‘avvoslaridan himoya qilishadi. Dengiz jonivori eng chiniqqan sportchidan ham bu borada shubhasiz ustun, hech kim suzish borasidan undan o‘zib keta olmaydi. Qolaversa, u inson hidini 300-400 metrdan aniqlay oladi.

Delfinlarning hid bilish masofasi. Infografika: mercator.ru

Aynan mana shu maqsadda ko‘plab davlatlar delfinlardan va boshqa dengiz jonivorlaridan foydalanishadi. Eng mashhur dastur AQSh harbiy dengiz kuchlarida mavjud. Eng dastlab bu usuldan Shvetsiyada foydalanilgan, Isroil, KXDR va boshqa davlatlar ham shunga o‘xshash dasturga ega, degan taxminlar bor.

Rossiyaning o‘rgatilgan delfinlari

Rossiya o‘rgatilgan jonivorlarni Sevastopol buxtasiga kirish joyining shimoliy qismida joylashgan pozitsiyalarga 2022 yilning boshida — Ukrainaga keng miqyosda bosqin boshlangan chog‘da joylashtirgan. Shahar yaqinida delfinlar va Beluxalarni o‘rgatish markazi avvaldan — sovet davrilaridan buyon bor edi. Delfinlarning barchasi mahalliy tur sanaladi, beluxalar esa sovuq suvli davlatlardan keltirilgan. Ushbu obekt avval Ukraina harbiy dengiz kuchlari tarkibida bo‘lgan, biroq 2014 yilda Qrim anneksiya qilingach, Rossiya tomonidan egallab olingan.