22 avgust kuni mandat natijalari e’lon qilindi. Unda maksimal ball töplagan abituriyentlarning ayrimlari kontrakt asosida öqişga tavsiya etilgan. Masalan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida ötiş balli 205,2 ballni taşkil qilgan. Natijada eng yuqori – 189 ballni yiğganlar ham kontraktga tuşib qolgan. Şunday vaziyatga tuşgan abituriyentlar Kun.uz bilan boğlanib, natijadan norozi ekanliklarini aytişmoqda. Ulardan biri Andijon viloyati Xonabod şahrida yaşovçi Muhayyo Abdulvohidova ham 189 ballni töplab, grantga kirolmagan. Muhayyoning aytişiça, ingliz tilini 1-sinfdan beri örganadi. IELTS va tarixdan sertifikati bölgan.

“Imtihon topşirganimning ertasi kuniga javoblar çiqdi. 189 ball olgandim. Hamma tabriklab, grantga kirganimni aytayotgandi. Bugun keçqurun mandatni körsak, sariq kontraktda turibman. Oçiği, 189 ball olganlar kontrakt haqida öylamaganmiz. Ota-onam öylama, öqitamiz deyapti. Hozir ukam Toşkentda akademik litseyda öqişga kirgan. Opam ham talaba. 2 bolani Toşkentga yuboriş, turar joy, kiyim keçak qiliş kerak. Yana kontraktga 22 millionni tölaş osonmas-da”, – deydi u.

Xuddi şu universitetning xalqaro munosabatlar yönalişiga topşirgan Farğona viloyati Buvayda tumanida yaşovçi Sanjar Tilavoldiyev ham 189 ball olib, kontakt asosida talabalikka tavsiya etilgan. U ham 3 yil tayyorlanib öqişga topşirgan.

“Hammamiz grantni kutgandik. Çunki 189 ball olgandik. 3 yildan beri tayyorlangandim. Maksimal ball uçun kontrakt juda adolatsizlik böldi. Bizdan oldin kirganlar 3 kişi Temurbeklar maktabi öquvçilari ekan. Şu 3 kişini balli 217 balldan 205 ballgaça böldi. JIDUga özi 3ta grant berilgan. Biz öz-özidan kontraktga tuşdik. Qolaversa, bizning yönalişimizda maksimal ballar ham 20ta bölgandi, tanlov ustuvorligi sababli ular ham pastga tuşib ketdi. Şuning hisobiga nisbatan bilimi baland bolalar ham kontrakt bölib qoldi. Ötgan yili 12ta 189 bölsa, ularning hammasiga grant berilgandi, bu yil esa kontrakt deyapti”, – deydi u.

Xuddi şu universitetga hujjat topşirib, maksimal ball töplab, kontraktga kirgan navoiylik Muxlisa Ergaşeva ham juda katta umidlar bilan grantni kutganini aytadi.

“Eng yuqori ball 189 ni qölga kiritdim. Ota-onam, ustozlarimning oldida işonçlarini oqladim. Ammo mandat çiqqandan keyin qarasam unga : "Siz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tölov-kontrakt asosida qabul qilindingiz", — deb yozilgandi. Men umuman tuşunmadim, şokda edim öşa payt.