OTMga kiriş imtihonlarining birinçi kun natijalari e’lon qilindi. Mandat e’lon qilayotgan saytda köriş mumkinki, maksimal ball 189 ball bölişiga qaramay 200 balldan oşiq töplagan abituriyentlar ham bor. Bu yuqori ballar Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga tegişli.

Qonunçilikda Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga harbiy ta’lim muassasalarida özlari töplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, boşqa OTMda esa 15 foizi miqdoridagi qöşimça ballar körinişida imtiyoz berilişi belgilangan.
Lekin ularga berilayotgan imtiyoz sabab maksimal ballni töplagan abituriyent ham kontrakt asosida öqişga kirişi ehtimoli yuqori.
«Natijada har yili Temurbeklar maktabi ayrim bitiruvçilarining ballari amalda töplaş mumkin bölgan eng maksimal 189 balldan ham oşib ketadi. Ya’ni oddiy qişloq maktabida öqigan öquvçi barça savollarga töğri javob bergan taqdirda ham, 189 ball bilan kontraktga kirişi mumkin. Çunki öşa oddiy qişloq bolasining örnini öta zamonaviy şaroitlardagi Temurbeklar maktabida öqib, imtiyoz olgan bolalar egallaydi.
Qani inson qadri? Qani Konstitutsiyadagi tenglik? Qani hamma yoqda jar solinayotgan ijtimoiy adolat?
Amir Temurning asosiy şiori adolat bölgan. U adolatni har narsadan ustun körgan. Lekin bizda Temur izdoşlari bölgan bölğusi harbiylar kiriş imtihonlarida adolatsizlik timsoliga aylanib qolgan. Bu kulgili emasmi?» deb yozdi bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
U maktab bitiruvçilariga berilayotgan imtiyoz bekor qilinişini yoki heç bölmaganda umumiy kvotadan taşqari hisoblanişi kerakligini taklif qildi.
Bloger Şahnoza Soatova esa oddiy şaroitda öqiyotgan bolalar özlari maksimal ball olib ham imtiyozi borlar ulardan yuqoriroq ball töplasa, notöğri böladi degan fikrda.
«Maxsus maktablarda alohida maxsus şaroitlar, yaxşi öqituvçilar, ta’lim sifati yuqori bölsa-da, yana uning bitiruvçilari imtiyoz bilan oliy ta’lim muassasasiga kirsa. Boşqa soliq tölovçilarning özi repetitorga qatnab öqigan farzandlari umidi sönadi-ku», deb













