Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga qöşib berilgan ball hisobiga maksimal 189 ball olib kontraktga tuşgan abituriyentlarning barçasi prezident granti asosida öqişga qabul qilinişi masalasi körib çiqilyapti. «Bu böyiça tahlillar olib borilyapti, hali yakuniga yetgani yöq», deydi OTFIV vakili.

Mandat natijalari e’lon qilingaç, maksimal 189 ball olib ham ayrim abituriyentlarning kontraktga öqişga kirgani köpçilikning e’tirozlariga sabab böldi. Bu masala 23 avgust kuni Bilim va malakalarni baholaş agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari iştirokida ötgan matbuot anjumanida ham kötarildi. Kun.uz muxbiri mas’ullarga maksimal ball olib, kontraktga tuşgan abituriyentlar prezident grantiga qabul qilinadimi, keyingi yildan Temurbeklar maktabi bitiruvçilari umumiy kvotaga daxl qilmagan holda alohida bellaşadimi, degan savol bilan murojaat qildi.

Bilim va malakalarni baholaş agentligi rahbari Majid Karimovning ma’lumot berişiça, kimga imtiyoz berilişi, Temurbeklar maktabi bitiruvçilari uçun alohida kvota böliş-bölmasligi Bilim va malakani baholaş agentligiga ham, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ham boğliq emas.

«Bizdan yuqori taşkilot bölgan Ta’lim muassasalariga qabul qiliş davlat komissiyasi bor, bu öşa komissiya vakolatiga kiradi. Agar şu komissiya kvota berişni belgilasa, biz şu asosda işlaymiz, bölmasa yöq. Bizning vakolatga kirmaydi», – dedi Karimov.

Agentlik rahbari fikrini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Şerzod Ne’matov ham ma’qulladi. Uning aytişiça, bu yil 13 ming nafardan ortiq abituriyet turli imtiyozli kvotalar doirasida öqişga qabul qilingan, ya’ni ular umumiy kvotadan taşqarida bölgan.

«Temurbeklar maktabi masalasiga kelsak, bu böyiça taklif işlab çiqilib, davlat komissiyasiga beriladi», – dedi u.

Maksimal ball olgan abituriyentlarga prezident granti berilişi masalasiga esa vazirlikning qabul jarayonlarini taşkil etiş bölimi boşliği Abdusamat Mamanazarov töxtaldi.

Uning ma’lumot berişiça, bu yil maksimal ball olgan abituriyentlarga prezident grantini beriş böyiça tahlillar olib borilyapti, hozirça yakuniga yetgani yöq. «Bu tanlov yönalişlar kesimida böladi va katta ehtimol bilan 189 ball olgan abituriyent öşa ajratilgan kvotaga tuşsa kerak. Sababi, tahlillar öz yakuniga yetmadi. Abituriyent balli bilan undan keyingi abituriyentning balli teng bölib qolganda, u prezident grantiga qöşimça tavsiya etiladi. Jumladan ötgan yilgi qabul natijasiga köra, jami 256 nafar abituriyent prezident grantiga sazovor bölgandi. Agar abituriyent kontrakt bölsa ham, prezident grantiga tavsiya etilsa, davlat granti asosida öqişlari mumkin böladi