Turkmaniston O‘zbekistonga yiliga 2 mlrd kub metrgacha gaz yetkazib beradi
Rasmiy Toshkent va Ashxobod yiliga 2 mlrd kub metrgacha turkman gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti
«UzGazTrade» va «Turkmengas» kompaniyalari o‘rtasida yiliga 2 mlrd kub metrgacha turkman gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha qisqa muddatli shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Turkmaniston ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bunday kelishuvga O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Turkmaniston bosh vazirining yoqilg‘i-energetika kompleksi bo‘yicha o‘rinbosari Botir Amanov o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida erishilgan. Uchrashuv Ashxobodda bo‘lib o‘tgan.
«Bu boshlanishi. Biz o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning keng istiqbollarini muhokama qildik. Bu uzoq muddatli shartnoma ishlab chiqishni ham o‘z ichiga oladi. Gaz O‘zbekistonning ichki ehtiyojlari uchun yo‘naltiriladi», degan Mirzamahmudov.
Bundan tashqari, uchrashuvda elektr energiyasini uchinchi davlatlarga tranzit qilish, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish sohasida ham o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilingan.
Avvalroq, 2023 yil 4 avgust kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tgan uch tomonlama sammit doirasida Turkmaniston delegatsiyasi O‘zbekiston va Tojikiston bilan gaz sohasida hamkorlikni rivojlantirish tashabbusini ilgari surgandi. Ushrashuvda turkman tomoni O‘zbekiston va Tojikistonga gaz sohasida strategik hamkorlik taklif qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabr oyida O‘zbekiston va Turkmaniston birinchi marta uchinchi tomonning ishtirokisiz, faqat ikki tomonlama muzokaralar orqali qisqa muddatli gaz ta’minoti bo‘yicha kelishuvga erishgandi. O‘shanda rasmiy manbalar anonim holatda kuniga 20 mln kub metr (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) gaz importiga kelishilganini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Mavzuga oid

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

16:56 / 15.04.2025
Turkmanistonda xorijliklarning kirishini soddalashtirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda

11:00 / 15.04.2025